“O`zbekkino” Milliy agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning 2019 yil 6 avgustdagi 08/1-220 son buyrug`iga asosan, O`zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha chora-tadbirlar rejasining 3 qismi 14 bandiga muvofiq, Respublikada arxiv sohasining tarixi va bugungi rivojlanish bosqichlari haqida “Raqamlarga yashiringan tarix” nomli 1 qismli hujjatli film ishlab chiqarishga tushurildi...
Ssenariy muallifi-Shoxida Eshonboboeva Hujjatli filmni yaratish yosh debyutant rejissyor - Sarvarbek Maxkamboevga topshirildi. Bundan tashqari filmda opretaor - Davlatbek O`rozaliev, ovoz rejissyori - Marip Pirmuxammedov, rejissyor assistenti-Botir Zokirov, grimyor - Gulnoza Turg`unova, badiiy rahbar - Murodjon Odilov hamda kartina direktori - Ikrom Ochilovlar filmni talab darajasida chiqishi uchun mehnat qilmoqdalar.
Hozirda film ijodkorlari s`yomka jarayonlari bilan band.