AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev bilan uchrashdi'ning rasmi

Bokuda o`tayotgan Turkiy kengash sammiti doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboev bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboevni Turkiy kengashning faxrli raisi etib saylangani hamda Turkiy dunyoning oliy ordeniga sazovor bo`lgani bilan tabrikladi.

Qozog`istonning Birinchi Prezidenti Kengashga asos solinishi va uning rivojlanishiga, tashkilot doirasida o`zaro manfaatli hamkorlikning kengayishiga katta hissa qo`shgani alohida ta`kidlandi.

Elboshi Nursulton Nazarboev, o`z navbatida, O`zbekistonning Turkiy kengashga qo`shilishi ushbu tuzilmaning xalqaro nufuzini va hamkorlik samaradorligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar