AsosiyDunyo

"Xagibis" to`foni oqibatida Fukusima AES dagi radioaktiv chiqindilar yo`qoldi (Video)

'"Xagibis" to`foni oqibatida Fukusima AES dagi radioaktiv chiqindilar yo`qoldi (Video)'ning rasmi

Dam olish kunlari Yaponiyaga yopirilgan "Xagibis" to`foni oqibatida Fukusima AES da radioaktiv chiqindilar yo`qolganligi aytilmoqda. Bu haqda Arirang news nashri xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, 2011 yili Yaponiyada kuzatilgan kuchli sunami natijasida "Fukusima-dayiti" AESda fojea ro`y bergan edi. Ushbu fojea oqibatlarini bartaraf etish jarayonida katta miqdordagi radioaktiv chiqindilar to`planib, maxsus qoplarda saqlanayotgan edi. "Xagibis" to`foni oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlari natijasida esa ushbu radioaktiv chiqindilarning bir qismi yo`qolganligi ma`lum bo`ldi. 

NHK kanalining Fukusima prefekturasi Tamura shahri ma`muriyati ma`lumotlariga asosan xabar berishicha, chiqindi to`la qoplar yaqin atrofdagi daryoga oqib ketgan va ularning Tinch okeaniga borib tushish xavfi juda yuqori. Tamura shahrida radioaktiv chiqindilar saqlanuvchi 95 ta maxsus omborxonalar mavjud bo`lib, ularning aksariyati toshqinlardan zarar ko`rgan. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, to`fon natijasida 200 dan ortiq daryolar qirg`oqaridan toshib chiqqan. 66 ta hududda to`g`onlar buzilishi oqibatida katta hududlar suv ostida qolgan. Kuchli yog`ingarchilik va suv toshqinlari sababli butun mamlakat bo`ylab, 148 ta ko`chkilar ro`y bergan. 

Boshqa yangiliklar