AsosiyJamiyat

Bloger Xushnudbek savollariga Davlat qabul komissiyasidan javob kutmoqda

'Bloger Xushnudbek savollariga Davlat qabul komissiyasidan javob kutmoqda'ning rasmi

Bloger va huquqshunos o`zining telegram kanalida oliy ta`lim muassasalariga qabul jarayonlari haqida bo`rayotgan o`zgarishlar haqida sharh va izohlar, fikr va mulohazalarini bildirib boradi. Buni yaxshi bilasiz. Bu safar huquqshunosning savollari DTMga emas, Davlat qabul komissiyasiga qaratilgan. 

Hushnudbek Xudoyberdiev:

"DTM kelgusi yili bo`ladigan test sinovlariga oid navbatdagi ma`lumotlarni e`lon qildi. Bunda ham deyarli yangi gap yo`q, asosan umumiy ma`lumotlar berildi.

Jumladan:

👉 barcha uchun majburiy bo`lgan 3 ta fandan test savollari soddalashtirilgan, eng oson darajada bo`ladi;

👉 ayrim yo`nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo`lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo`nalishiga hujjat topshirgan abiturient ham majburiy blokda, ham mutaxassislik blokida matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi oson bo`ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o`rtacha, qiyin) bo`ladi;

👉 ballarni hisoblashda o`zgarish bo`lmaydi, avval qanday bo`lsa, shundayligicha qoladi. Ya`ni har bir blokdan to`plangan ballar qo`shilib, umumiy ballni tashkil etadi va abiturientlar mana shu 5 ta blokdan to`plagan bali bo`yicha o`zaro kurashadi (ilgari uchta blokning umumiy bali olinardi).

Hozircha shular. Yuqoridagi ma`lumotlar dengizdan tomchi xolos, ammo asosiy savollarga qachon javob beriladi? Ya`ni qaysi yo`nalishga qaysi fanlardan imtihon bo`lishi, test savollari qaysi darsliklardan tuzilishi haqidagi ma`lumotlarni yuz minglab abiturientlar va ularning ustozlari kutmoqda axir.

Fanlar majmuasi, ya`ni qaysi yo`nalishga qaysi fandan test savoli tushishi haqidagi ma`lumotlar Davlat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. O`shanchun bu savolni DTMga emas, ko`proq Davlat qabul komissiyasiga berish kerak.

Ammo hech bo`lmasa darsliklar ro`yxatini hozirdan e`lon qilish mumkinku. Shuni ham 5-6 oy kutish shartmas, menimcha.

 

    Boshqa yangiliklar