Му5
46

O`zbekistonda yangi sement zavodi qurilmoqda

Iqtisodiyot 17.10.2019, 18:04
Теглар: sement, zavod
430
O`zbekistonda yangi sement zavodi qurilmoqda

Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahrida 2017 yilning 5 aprelida Rossiya va O`zbekiston davlat rahbarlarining uchrashuvi doirasida “EVROSEMENT grup” xolding hamda “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga ko`ra, uyushma ma`sulligida “EVROSEMENT grup” xolding tomonidan “Ohangaronsement” AJ hududida qurilish materiallari klassterini tashkil etish bo`yicha umumiy qiymati 200 mln dollar bo`lgan yirik loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Bu haqda “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihaga ko`ra, bu erda sementdan tortib, tayyor temir-beton mahsulotlarigacha ishlab chiqariladi. Xususan, yiliga 144 ming kub metr beton, 30 ming kub metr temir-beton, sement va metallurgiya sanoati uchun yiliga 3500 tonna olovbardosh g`ishtlar tayyorlanadi. 

Klasterning eng yirik loyihasi Ohangaron shahrida yillik quvvati 3 mln. tonnani tashkil etuvchi yangi sement zavodidir. Zavodga dunyoga mashhur energiya tejamkor, innovasion Thyssen Krupp, Gebr Pfeiffer, Aumund, IKN, Fives Pillard texnologiyalari o`rnatiladi. Buning natijasida energiya sarfi 2 barobarga kamayadi. Shu bilan birga 400 ta yangi ish o`rinlari yaratiladi. Qurilish-montaj ishlari 2018 yilda boshlangan bo`lib, loyiha 2020 to`liq foydalanishga topshiriladi. 

Ayni paytda loyihalash ishlari 96, er ishlari 98, monolit quyish jarayoni esa 90 foiz bajarildi. Bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgach bu erda yuqori markali, sifatli sement mahsuloti ishlab chiqariladi.

Ma`lumot uchun: “Ohangaronsement” AJ Toshkent viloyatidagi eng yirik sement ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Zavod yiligi 2,2 mln. tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega bo`lib, bu O`zbekistonda sementga bo`lgan talabning 22 foizini tashkil etadi.

Шарҳлар