“O`zstandart” “Borjomi” mineral suvining tegishli talablarga javob bermasligini aniqladi. Bu haqda 15-oktyabr, seshanba kuni “O`zstandart” agentligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Spot.
Shuningdek, bunday mahsulotlar qatorida konservalangan no`xat, nok sharbati, avtomobil shinalari, palma yog`i, gaz ballonlari va boshqalar bor.
2019-yilda, shuningdek, Xitoydan keltirilgan o`yinchoqlar, Rossiyadan keltirilgan sirka, Qirg`izistondan keltirilgan tomat ketchupi, Gruziyadan keltirilgan “Borjomi” mineral suvi, Kanadadan keltirilgan tovuq sosiskalari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan.
Agentlik vakillarining ta`kidlashicha, “Borjomi” suvi bilan bog`liq holatda uning minerallanganlik (K, Na) va perganmagatning oksidlanish darajasi standart talablariga javob bermaydi.
Shuningdek, qo`shimcha qilinishicha, mahalliy mahsulotlar orasida ham, xususan, bolalar poyafzali, bolalar o`yinchoqlari, kolbasa, pishloqlar va muzqaymoqlar orasida nomuvofiqlik holatlari ko`p uchraydi.
Hozirda mahsulotlarning bojxona postiga kelishidan oldin ularning muvofiqligini baholash tartibi ishlab chiqilmoqda.
18.10.2019 09:26
“O`zstandart”: ““Borjomi” mineral suvining talabga javob bermasligini aniqlandi”
