Му5
46

Senat Raisi Misr Elchisi bilan uchrashdi

Siyosat 18.10.2019, 14:52
304
Senat Raisi Misr Elchisi bilan uchrashdi

18 oktyabr kuni Senatda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaevaning Misr Arab Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani al-Itr bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Suhbat chog`ida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda, turizm sohasida o`zaro foydali hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar, jumladan IHT doirasida hamkorlik qilish bo`yicha keng ko`lamli masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, gender tenglik, xotin-qizlar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ikki mamlakat xotin-qizlar tashkilotlari o`rtasida yaqin aloqalar o`rnatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ma`rifatparvar islomni targ`ib qilish, boy tarixiy merosni o`rganish, ikki mamlakat oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlari o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo`yicha hamkorlik qilish masalalari ham ko`rib chiqildi.

Bu nuqtai nazardan parlamentlararo muloqot, parlament diplomatiyasi instituti imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.

Шарҳлар