Му5
46

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o`z faoliyatini boshladi

Siyosat 18.10.2019, 17:09
329
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o`z faoliyatini boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ikki yil muqaddam Sherobod tumanidagi Iso Termiziy maqbarasi obod qilingan edi. 2017 yil 14 fevralda davlatimiz rahbarining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to`g`risida qarori qabul qilindi.  

Mazkur qaror asosida Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurildi. Unda islom dini, jumladan, hadis ilmi, Iso Termiziy hamda termiziy allomalar merosi chuqur o`rganiladi. Diniy ta`lim, ma`naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanishga qaratilgan darsliklar va o`quv qo`llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlanadi. 

Davlatimiz rahbari markazga tashrif buyurib, bu erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Buyuk muhaddis Imom Termiziy hayoti va asarlarini chuqur o`rganish, yosh avlodga etkazish, xalqimizga tushunarli tilda kitoblar chop etish bo`yicha tavsiyalar berdi. Bu erda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun munosib sharoitlar yaratish, olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini kengaytirish zarurligi ta`kidlandi.

 


 

Шарҳлар