Му5
44

AQSh Ukrainaga harbiy ko`makni to`xtatdi

Dunyo 18.10.2019, 18:32
Теглар: AQSh, Ukraina, ko`mak
343
AQSh Ukrainaga harbiy ko`makni to`xtatdi

Oq uy ma`muriyati rahbari vazifasini bajaruvchi Mik Malveyni jurnalistlarga AQSh nima uchun Ukrainaga harbiy ko`makni vaqtincha to`xtatgani sababini aytdi.

Unga ko`ra, bu qaror Ukrainadagi korrupsiya va Evropaning uni qo`llab-quvvatlashga mablag` ajratmayotgani bilan izohlanadi.

“RIA Novosti“ xabariga ko`ra, “Ukrainaning cho`ntagini to`ldirib qo`yuvchi mablag` berishimiz mumkin, shunda ham Evropaning unga yordam berishiga ishonmaymiz”, deyiladi “TASS“ ning Malveynidan iqtibosida.

Oq uy vakili, shuningdek, “Evropaliklar Ukrainaga nol yoki deyarli nol dollarlik qurol berganini” ta`kidladi.

Шарҳлар