Му5
44

Toshkent anhorida cho`kayotgan ayol qutqarib qolindi

Jamiyat 19.10.2019, 18:39
301
Toshkent anhorida cho`kayotgan ayol qutqarib qolindi

18 oktyabr kuni soat 20:40 larda Anhor kanalida cho`kayotgan ayolning hayotini saqlab qolindi. Bu Toshkent shahar Shayxontohur tumani Turkiston san`at saroyi atrofida jamoat tartibini saqlash bo`yicha xizmat vazifasini o`tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshirilgan.

Anhorda cho`kayotgan va yordam so`ragan ayolni ko`rib qolib tezkorlik bilan uni suvdan olib chiqqan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi, serjant Z.Ergashev va uning sheriklari yordami bilan qashqadaryolik fuqaro (1980 yilda tug`ilgan) Yu.X. shifoxonaga etkazilgan va o`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Ma`lum qilinishicha, hozirda Shayxontohur tumani ichki ishlar xodimlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Шарҳлар