AsosiyJamiyat

Xivada sayyohning unutib qoldirilgan pasporti topib berildi

'Xivada sayyohning unutib qoldirilgan pasporti topib berildi'ning rasmi

Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Somon Hasanov tomonidan unutib qoldirilgan fuqarolik pasporti topib berildi. Bu haqida Xorazm viloyati IIB Xavsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodim B.KARIMOV ma`lum qilgan.

Tojikiston fuqarosi joriy yilning 18 oktyabr kuni, Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlariga, Xiva shahrini tomosha qilish maqsadida tashrif buyurib, o`ziga tegishli bo`lgan fuqarolik pasportini ehtiyotsizligi oqibatida yo`qotib qo`yganligi to`g`risida murojaat qiladi.

Sayyoh Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlari pasportini topib berganligidan xursandligini va boshqarma xodimlaridan ma`mnunligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar