Му5
46

O`zbekiston fransuz boksi “Savat” Assosiasiyasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi

Sport 20.10.2019, 12:58
Теглар: boks, O`zbekiston, sport
358
O`zbekiston fransuz boksi “Savat” Assosiasiyasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi

Adliya vazirligi O`zbekiston fransuz boksi “Savat” Assosiasiyasini davlat ro`yxatidan o`tkazdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi Assosiasiya a`zolari, O`zbekistonda fransuz boksi bilan shug`ullanadigan havaskor va professional sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar, ekspertlar va veteranlarning huquqlari hamda erkinliklarini ro`yobga chiqarish va himoya qilish, ularga har tomonlama yordam ko`rsatishdan iborat.

Fransuz boksi “Savat” sport turiga to`xtaladigan bo`lsak, u 300 yildan ko`proq tarixga ega sport turi hisoblanadi. Fransuz boksi “Savat“ sport turi 1924 yil Parij shahrida bo`lib o`tgan yozgi Olimpiya o`yinlarida rasmiy sport turlaridan biri bo`lgan va u hozirgi kunda Fransiyaning davlat merosi hisoblanadi.

Шарҳлар

O`zbek bokschilari Osiyo chempionatida 14 ta medalga ega bo`ldi

17.11.2019, 16:37

Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo`yicha Osiyo chempionati o`z yakuniga etdi. Mazkur musobaqada O`zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza...