Му5
46

Bugun Toshkent shahrining ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha uziladi

Jamiyat 22.10.2019, 09:21
159
Bugun Toshkent shahrining ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha uziladi

Hududiy elektr tarmoqlari tashkiloti keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raydi.

2019 yil 22 oktyabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Uchtepa tumani “Bekobod” mahallasida, hamda Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo`ladi.

Uchtepa tuman “Bekobod” mahallasida joylashgan 3082-sonli transformator punktida rejali mukammal ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, 177-sonli o`rta ta`lim maktabida, 550-sonli MTMda, hamda shahar arxiv binosida soat 08:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo`ladi.

Shuningdek, Mirobod tuman “Baynalminal” mahalla hududiga qarashli 112-sonli transformator punktining 1-seksiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, “Ok yo`l” va 1-tor Oq yo`l ko`chalaridagi aholi turar joy binolarida elektr energiyasi vaqtinchalik 09:00 dan 17:00 gacha uzilish bo`ladi.

Шарҳлар