13

Nega ostonada o`tirmaydilar?

Moziydan sado 22.10.2019, 10:50
3617
Nega ostonada o`tirmaydilar?

Xalqimizda “ostonada o`tirishi mumkin emas”, “ostonada qo`l berib, so`rashib bo`lmaydi” qabilidagi irim-sirimlar juda ko`p. Bu holatlar hatto islomiy qadriyatlar bilan bog`lamoqchi bo`lganlar ham uchraydi. Aslida bu udumning islom diiga hech qanday aloqasi yo`q. Islomiy nuqtai nazardan bu amal xurofot sanaladi. Bu odatdan shumlanish, unga ishonish va amal qilish nojoiz hisoblanadi. Xo`sh, unda bu odat qaerdan kelib chiqqan?

                            Haqiqat siniqlari 

Bolaligimda rahmatli buvim juda ko`p ertaklkr eshitganman. Afsuski, ulaorning ko`plarini yozib olmaganim uchun esimdan ham chiqib ketgani, ba`zilari uzuq-yuluq yodimda qolgan. Bitta ertakda aytilishicha, qadim zamonda bir savdogar  bo`lgan ekan. Uning bir qizi va bir o`g`li bo`lgan ekan. Taqdir taqozosi bilan o`tinchining ayoli qazo qilibdi va boshqa bir ayolga uylanibdi. Bu ayol haqiqiy yalmog`iz ekan. u o`gay bolalariga umuman kun bermas ekan. Qanday bo`lmasin, shu ikki go`dakni yo`qotish paytida ekan. 

Kunlarning birida savdogar  olismamlakatlarga savdo ishi bilanketganida, yalmog`iz o`gay qizini ish bilan uzoqroqqa  jo`natibdi. U kelguncha, qizchaning ukasini qozonga solib qaynatibdi. Go`shtlarini eb bitiribdi. Qizcha qaytib kelib, ukasidan ayrilib qolganini anglabdi. Yum-yum yig`labdi va ukasining suyaklarini to`plab, uyining ostonasiga ko`mib qo`yibdi. Ostonadaa o`tirib bo`lmaydi, degan gap o`shandan qolgan ekan (buvim har gal shu ertakni aytayotib, shu udumni eslatib o`tardilar – R.J.). bu dahshatli ertakning oxiri nima bilan tugardi – esimda qolmagan. Ammo, shu ertakning ichida ostona bilan bog`liq irim-sirimlarning “ip uchi” yashiringandek. 

                                      Ostona nima degani? 

Keling avval, shu so`zning etimologiyasi bilan tanishib ko`raylik. Bu so`z tilimizga forsiydan kirgan bo`lib, eshik kesakisining pastgi qismi, bo`sag`a ma`nosida ishlatib kelingan. Keyinchalik bu so`z turli tillarda turfa ma`nolarni anglata boshlagan. Masalan shimolda yashovchi musulmon xalqlari aziz-avliyolar dafn qilingan qabrlarni ostona deb atashgan. O`zbekiston, Turkmaniston, Sharqiy Turkiston (Xitoy) hududlarda “Ostona-bobo” nomi bilan ataladigan ziyoratgohlar bor. 

Qozog`iston poytaxti – Nur-sulton shahri ham yaqingachap Ostona deb atalganini bilamiz. Qozoq tilida bu so`z poytaxt, ziyoratgoh singari ma`nolarni beradi. Tojikistonning Tog`li Badaxshon viloyatida yashovchi ayrim xalqlarda  esa, ostona so`zi qabriston ma`nosini berarkan. 

                            Zardo`shtiylardan qolgan so`z

Tadqiqotlar bu so`zning zamiri zardo`shtiylik udumlariga borib taqalishini ko`rsatadi. Ma`lumki, zardo`shtiylar aqidasiga ko`ra, vafot etgan odamlar jasadini ko`mish, suvga cho`ktirish yoki olovda yoqish taqiqlangan. Chunki, inson o`lganidan so`ng uning tanasi nopok bo`lib qolgan. Suv, havo, tuproq va olovni ifloslash esa og`ir gunohhisoblangan. Shu bois, o`liklar ma`lum muddat maxsus tepaliklarga tashlab kelingan. Quzg`unlar, itlar jasadlarning etini eb bitirishganidan keyin uning faqat ustuxonlari qolgan. 

Zardo`shtiylar suyaklarni loydan yasadgan maxsus idishlarda saqlashgan. Bu idishlar ostadon deb atalgan. Ostadon so`zi qadimgi eroniy tillarda suyak saqlanadigan idish ma`nosini beradi. Bugungi fors-tojik tilidagi ustuxon so`zi ham qadimgi eroniy tillardan “ost” (suyak) so`zidan kelib chiqqani taxmin qilinadi. (taqqos uchun: slavyan tillarida kost, kost, roman tillarida os,kurd tilida  hasti)

                                      Ostonami, ostxona?

Xo`sh, endi nima uchun ayrim xalqlar qabriston yoki mozor so`zi o`rnida ostona so`zini ishlatishi sal bo`lsa-da, oydinlashdimi? Bir qarashda biz uchun uyning bir qismi, hatto Vatanning ibtidosi sanalgan ostona va qabriston o`rtasidagi bog`liqlik yo`qdek tuyuladi. 

Lekin aslida, islomiyatdan avval, ajdodlarimiz zardo`shtiylik an`analariga amal qilib yurgan kezlarda marhumlarning suyaklari ostadonlarda, uylarning bo`sag`asida ko`milgan. Suyak solingan idish “ostadon” bo`lsa, suyak ko`milgan xonani ostxona deb atashgan. Keyinchalik bu so`z ostonaga aylanib ketgan. (Xuddi turk tilidagi xastaxona so`zi qisqarib hastane shaklini olgandek)

Shu bois, qadimda marhumlar xokiga hurmat nuqtai nazaridan ostonada o`tirish, yotish, so`rashish joiz sanalmagan. Tabiiyki, islom dini keng tarqalgach, ostonalarning “vazifasi” ham o`zgardi. Marhumlarni yuvib, kafanlab dafn qilish odat tusini oldi. Ammo ostona bilan bog`liq irim-sirimlar hozir ham ayrim joylarda yashab kelmoqda. 

Шарҳлар