AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Prezident devoni mansabdorining jinoyati bo`yicha ma`lumot berdi

'Bosh prokuratura Prezident devoni mansabdorining jinoyati bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, kecha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi bo`lim boshlig`i “tovlamachilik, firibgarlik, pora oldi-berdisi” bilan shug`ullangan uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilgani haqida xabar bergan edik.

 Bosh prokuratura ushbu holat bo`yicha Darakchi.uzga ma`lumot taqdim etdi. Unga ko`ra, keltirilgan jinoyat va tergov-surishtiruv tavsilotlari 2014 yilga oidligi ma`lum bo`ldi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining 2014 yil 19 fevraldagi hukmiga ko`ra, Dustov Asatulla Ismailovich 1963 yil 20 iyun kuni Samarqand viloyatida tug`ilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi umumiy bo`limining ekspedisiya mudiri lavozimida ishlagan. 

U O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator modda va bandlari bo`yicha, xususan:

25,165-moddasi 3-qismining «a,v» bandlari, 

165-moddasi 3-qismining «a,v» bandlari, 25,168-moddasi 

3-qismining «a,v» bandlari, 168-moddasi 3-qismining «a,v» bandlari, 209-moddasi 2-qismining «a,b» bandlari, 28,211-moddasi 3-qismining «a,b,v» bandlari, 242-moddasining 1-qismi, 

243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Shunga ko`ra, Dustov Asatulla Ismailovich 3 (uch) yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib,18 (o`n sakkiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Boshqa yangiliklar