AsosiyShou-biznes

Qoraqalpoq folklori ikkinchi hayotga qaytmoqda

“Sharq” nashriyot-matbaa konserni 100 jildlik “Qoraqalpoq folklori” nomli kitobning navbatdagi tirajini bosmadan chiqarishni yakunlamoqda, deya xabar qiladi Uzbekistan Today axborot agentiligi.

Nashrda 77-87 jildlar birlashtirilgan bo`lib, ular qaroqalpoq xalq ertaklariga bag`ishlangan.

- 1930-1970 yillarda folklorchi-tadqiqotchilar qarqalpoq xalqi og`zaki ijodiga oid minglab matnlarni yozib olishgan. O`shandan buyon bu qo`lyozmalar O`zbekiston fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi Qoraqalpoq bo`limi fondida ehtiyotlik bilan saqlab kelinmoqda, - deydi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Makset Karlbaev. – Bugun biz ushbu fondni abadiylashtirish, ularni bugungi kun avlod uchun tushunarli bo`lishi uchun katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

- Qoraqalpoq xalqining nomoddiy merosini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalardan biri bu – folklor asarlarining to`liq matnini tashkil etish bo`yicha ikkinchi urinishdir. Birinchi loyiha 1974-1992 yillarda amalga oshirilgan bo`lib, o`sha payti 22 jildi nashr etilgan edi, – deydi 100 jildlik asar mas`ul muharriri, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori o`rinbosari Aytmurat Alniyazov. – Hozirgisi keng masshatbdagi loyihalardan biri bo`lib, turk filologiyasi bo`yicha amalga oshirilmoqda. Bu kitoblar uchtida ish 2007 yilib boshlangan edi, shu kunlarda 77-87 jildlar nashrdan chiqariladi. Agar loyiha boshida 100 jild rejalashtirilgan bo`lsa, bugun to`plangan materiallardank elib chiqib aytish mumkinki jildlar soni undan ham ko`proq bo`ladi. Chunki har bir jild o`zida ma`lum bir janrga oid asarlarni qamrab olgan. Ushbu nashrning yana bir o`ziga xos tomoni shundaki, asarlar hech qanday tahrirlarsiz, asl holida chop etilmoqda.

Yangi kitobda xalq og`zaki ijodining eng mayda janrlaridagi asarlar to`plangan. Unga miflar, afsonalar, rivoyatlar, hangomalar, iboralar, latifalar, jami bo`lib, 10dan ortiq janr kiritilgan.

Shuningdek, Nukusda yana bir kitob ustida ish olib borilmoqda.

Qayd etish joizki, Qoraqalpoq ilmiy-tadqiqot instiuti tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar ko`pqirralidir. Qoraqalpoq dostonlariga izohlar to`plangan, ushbu dostonlar haqida barcha ma`lumotlar, fotosuratlar va boshqalar yig`ilgan. Bularning hammasi turk filologiyasini tadqiq etishga ko`maklashadi.

552 ta qoraqalpoq xalq qo`shiqlari va 10 ta dostonining gramm-plastinka, plenka hamda CD-disklarga yozilganligi ham juda qiziqarli.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar