my5

Dilshod Kenjaev maktablada davlat madhiyasining zarurati haqida gapirdi

Jamiyat 28.10.2019, 20:01
Теглар: Maktab, madhiya
1036
Dilshod Kenjaev maktablada davlat madhiyasining zarurati haqida gapirdi

Xabaringiz bor, O`zbekistondagi maktablarda II chorakdan boshlab darslar davlat madhiyasini kuylash bilan boshlanishi haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng, bloger bu borada o`z munosabatini bildirdi. Bugun Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Dilshod Kenjaev maktablarda davlat madhiyasining zarurati hamda dunyo tajribasi haqida gapirdi:

“O`zbekiston taraqqiyoti hamda barqarorligida Davlat ramzlarining o`rni beqiyos. Vatanimiz Bayrog`i, Gerbi, Madhiyasi - katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasidir. Insoniyat tarixida Vatan ramzlari doimo g`urur va iftixor, ulug` va muqaddas sanalganki, ular uchun odamlar jonlarini fido qilganlar. Ular fuqarolarni bir maqsad yo`lida birlashishga undagan. Davlat ramzlari hamisha muqaddas hisoblangan. Chunki ular millatning tarixi, buguni va kelajagini o`zida aks etgan Vatanning yorqin timsolidir.

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi bo`yicha tavsiyasi bugun jamiyatimizda vujudga kelgan ma`naviy ehtiyojni o`z vaqtida qondirishga qaratilgandir. O`sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishda ma`naviyat o`choqlari, ziyo maskani bo`lmish – maktablarning ahamiyati juda katta ekanligi bu bugungi kun haqiqatidir.

Jamiyatning barcha a`zolarini yagona bayroq ostiga birlashtiruvchi vositalar bor. O`zbekiston madhiyasi ham ana shunday asosiy va birlamchi vositalardan biridir.

Bugun ko`plab mamlakatlarda davlat madhiyasi aynan maktabdan boshlab o`rgatiladi va kuylanadi.

Masalan, Turkiya Respublikasida maktablarda mashg`ulotlar davlat madhiyasini kuylash va davlat bayrog`ini ko`tarish bilan boshlanadi, Hindistonda esa har kuni soat 9:00 da o`quvchilar saf tortishib davlat madhiyasini kuylashadi va davlatga sodiqligi bo`yicha qasamyod qilishadi.

Qo`shni Qozog`iston Respublikasining sharqiy va g`arbiy hududlaridagi davlat maktablarida bir necha yillardan buyon mashg`ulotlar o`quvchilarning jo`r bo`lib madhiya kuylashidan boshlanadi.

Kanada milliy madhiyasi har kuni barcha davlat maktablarida va ko`plab xususiy maktablarda, shuningdek bolalar bog`chalarida yangraydi. Bolalar tik turgan holda madhiyani kuylashi yoki tinglashi mumkin.

Xitoy Xalq Respublikasida har dushanba kuni soat 8:00 da o`quvchilar stadionga davlat bayrog`ini tantanali ko`tarish marosimiga saf tortib, milliy madhiyani kuylashadi.

AQShda aksariyat maktab va bolalar bog`chalarida har kuni davlat va shtat bayrog`ini ko`tarish bo`yicha tantanali tadbir bo`lib o`tadi, tadbir jarayonida davlat madhiyasini aytish majburiy bo`lmasada, o`quvchilar madhiya kuylashadi, ayrim shtatlarda esa bayroqqa sodiqliq bo`yicha qasamyod ham o`qishadi. 2005 yilda Musiqiy ta`lim milliy assosiasiyasi maktablarda vatanparvarlik qo`shiqlarini keng tarqatish maqsadida “Milliy madhiya” loyihasini amalga oshira boshladi, ushbu kampaniyani o`tkazishga asosiy sabab ijtimoiy so`rovnomlar natijasida 61% amerikalik milliy madhiyaning barcha so`zlarini bilmasligi aniqlanganligi bo`ldi.

Rossiya Federasiyasining ko`plab regionlarida mashg`ulotlar oldidan o`quvchilar davlat madhiyasini kuylashadi va bu jarayonni fuqarolar o`quvchilarning madhiya matnini bilishiga kafolat hamda vatanparvarlik tuyg`usini singdirshning eng go`zal na`munasi deb bilishadi.

Yaponiyada ham garchi madhiya aytish majburiy bo`lmasada ayrim maktablarda mashg`ulotlar boshlanishidan avval davlat bayrog`i milliy madhiya sadolari ostida ko`tariladi. Albatta, bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.

O`quvchilar ongiga vatanparvarlik tuyg`ularini singdirish - Davlat madhiyasini kuylatish bilangina cheklanmaydi, ta`lim-tarbiya jarayonida ko`plab boshqa vositalar va usullar qo`llaniladi. Ammo, Davlat ramzlariga hurmat vatanparvarlik tarbiyasining poydevori hisoblanadi”.

Шарҳлар

Joriy yil III chorakdan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy o`qitiladi

02.01.2020, 19:07

Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan 2020 yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o`qitiladi. Mazkur tajriba-sinov o`quv yili yakuniga qadar o`tkaziladi. Bu haqda...
Andijonda maktabning eski omboridan qo`l granatasi topildi

24.12.2019, 09:41

Andijon viloyati Asaka tumani IIB hamda IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining viloyat hududiga xizmat ko`rsatish bo`yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan 11-sonli maktab tekshirilganida, ta`lim muassasasining...
XTB Angordagi maktab direktori matematika o`qituvchisidan ishdan bo`shatmaslik uchun 2 mln. so`m talab qilganini tasdiqladi

19.12.2019, 18:30

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 26-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori O.X. o`qituvchi N.Y.ni ushbu maktabdan ishdan bo`shatmaslik evaziga ta`magirlik yo`li bilan 2 mln. so`mni olgan...
Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchini ishdan bo`shatmaslik uchun pul talab qildi

16.12.2019, 15:27

Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchidan pora talab qildi, deya xabar berdi “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati.Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tuman...