Му5
46

Rossiyalik futbolchi O`zbekiston fuqaroligini olmoqchi

Sport 30.10.2019, 11:28
845
Rossiyalik  futbolchi O`zbekiston fuqaroligini olmoqchi

"Qo`qon-1912" jamoasi orqali O`zbekiston chempionatiga kelgan rossiyalik himoyachi Igor Golban O`zbekiston fuqaroligini olishni istayotgani aytilmoqda.

Ayni paytda "Navbahor" sharafini himoya qilayotgan Igor Golbanning O`zbekistonga kelgani va yurtimizda istiqomat qilayotganiga kelasi yili 5 yil to`ladi.

Qonunchilikka ko`ra esa bu unga O`zbekiston fuqaroligini olishiga imkoniyat beradi. Ma`lumotlarga ko`ra, tajribali himoyachi O`zbekiston pasportini olishni mo`ljallamoqda. Agarda kelasi yili Igor Golban O`zbekiston fuqaroligini olsa, unda 2020 yildan boshlab O`zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi bittaga ko`payadi.

Qayd etish kerakki, "Paxtakor" tomonidan qiziqish bildirilgan tajribali himoyachi Igor Golban yaqinda amaldagi jamoasi "Navbahor" bilan o`rtadagi shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi.

Eslatib o`tamiz, Igor Golban O`zbekistondagi faoliyati davomida "Qo`qon-1912", "Navbahor", "Nasaf" va 2018 yildan boshlab yana "Navbahor" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Шарҳлар