my5

“O`zbekiston MET” AJ: "Afg`on energetiklari jangarilar etkazgan ziyonni tiklashmoqda"

Jamiyat 31.10.2019, 10:36
Теглар: Afg`oniston, elektr energiya
653
“O`zbekiston MET” AJ: "Afg`on energetiklari jangarilar etkazgan ziyonni tiklashmoqda"

 

29 oktyabr kuni Afg`oniston Islom Respublikasining “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) ijrochi direktori janob Omonullo G`olibdan “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi D.Isaqulov nomiga rasmiy maktub kelib tushdi. Unda yozilishicha, elektr energiyasi eksporti bo`yicha imzolangan elektr energiyaning shartnomaviy miqdori tushib ketganiga ayni paytda ikkita omil ta`sir ko`rsatmoqda. Birinchisi, Bog`lon viloyati hududida jangarilar tomonidan olib borilayotgan jangovar harakatlar oqibati, ikkinchisi Afg`onistondagi iqlim sharoiti xususan meteorologik va gidrologik sabablar (qor-loy ko`chkisi, kuchli shamol) o`tgan yilgi mavsumga nisbatan keskin tus olayotgani. Shunga qaramay, “DABS” shirkati muhandislari ta`mirlash-tiklash ishlarini olib bormoqda, deyiladi bir nechta fotosuratlar ilova qilingan maktubda. 

Bundan tashqari, 28 oktyabr kuni soat 11:53 dan 19:07 gacha va 29 oktyabr kuni soat 10:00 dan to hozirgi paytgacha Afg`oniston energetiklari tomonidan olib borilayotgan texnik ta`mirlash ishlari xavfsiz bajarilishini ta`minlash maqsadida “Puli-Xumri” va “Chimtala” podstansiyalarini bog`lovchi 220 kV.lik havo elektr uzatish tarmog`ining ikkinchi zanjiri o`chirilgani ma`lum qilingan. Demak, o`z-o`zidan ma`lumki, bu vaqt oralig`ida Afg`oniston Islom Respublikasiga eksport amalga oshirilmadi va bu holat hanuzgacha davom etmoqda.

Qisqa qilib aytganda, O`zbekistondan Afg`onistonga amalga oshirilayotgan elektr energiyasi eksporti masalasida barqarorlik mavjud emas. Qariyb 40 yil davomida notinch mamlakat sifatida tilga olinadigan diyorda nafaqat energetika, balki barcha sohalarda barqarorlik hukmron bo`lishidan mintaqa davlatlari qatori bizning mamlakatimiz ham manfaatdor.

Shu nuqtai nazardan “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Axborot xizmati Afg`oniston hukumati uzluksiz elektr ta`minotini tiklashda zarur choralarni ko`rib, mavjud muammolarni bartaraf etadi, deya umid bildiradi. Qo`shni mamlakat sanoati, tibbiy muassasalari, aloqa, ta`lim va madaniyatida, umuman olganda, elektr energiya bilan chambarchas bog`liq barcha jabhalarida barqarorlik davom etishi davlatimiz va jamoatchiligimiz diqqat-etiborida ekanligi bugungi beqaror dunyoda muhim ahamiyat kasb etadi, deya xabar qiladi   jamiyatning Axborot xizmati.

Шарҳлар

Afg`onistonga O`zbekistondan gumanitar yordam etkazildi (foto)

20.11.2019, 22:21

Kuni kecha «Tinchlik uchun» Respublika xayriya aksiyasi doirasida yig`ilgan gumanitar yordamni Afg`oniston Islom Respublikasining Mozori-Sharif shahriga etkazib berishda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliy...
Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi

15.11.2019, 09:39

14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 14:23 (14.11.2019 da 09:23 Grinvich bo`yicha) Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi.FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, zilzila koordinatalar 36,46 gradus shimoliy...
Surxondaryoga eng ko`p sayyoh Afg`onistondan kirib kelmoqda. Ular nima izlamoqda?

14.11.2019, 08:36

 O`tgan 2018 yil 700-800 kishi kelgan bo`lsa, bu yil to`rt mingdan ortiq qabul qilindi. Afg`onlarga, eng avvalo, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik qiziq. Ular xotirjamlik izlab kelmoqda, deydi...
Xazorasp nega kunduzi elektr energiyasidan uzilmoqda?

12.11.2019, 16:01

Kecha, 11 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “ XORAZM – “Elektr energiyasi kunduzi umuman berilmayapti” sarlavhali maqola e`lon qilingan. Mazkur holat “Xorazm hududi elektr tarmoqlari” AJ tomonidan...