my5
all

Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin Toshkentga keldi

Siyosat 01.11.2019, 13:15
Теглар: Qozog`iston, Bosh vazir
561
Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin Toshkentga keldi

Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin ShHTga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o`rinbosari A.Ramatov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Toshkentda 1-2 noyabr kunlari o`tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o`zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni bo`yicha ShHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Шарҳлар

Rossiyadan kelayotgan o`zbeklar Qozog`istonda YTHga uchradi, ulardan biri halok bo`lgan

16.12.2019, 09:35

O`zbekistonlik fuqaro YTHga uchrab vafot etdi. Bu haqda TIV ma`lum qildiMamlakatimizning Qozog`istondagi Elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, 2019 yil 13 dekabr kuni ertalab soat 9:30 atrofida, Qarag`anda...
Qozog`istonda O`zbekiston Oliy Majlisi deputatligi uchun ovoz berish boshlandi

13.12.2019, 08:50

Qozog`istonda 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga muddatidan avval saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Kazinform’ga tayannib O`zA.“Fuqarolarga imkon qadar qulay...
Sobiq bosh vazirlar 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

09.12.2019, 14:17

Jazoir bosh prokuraturasi mamlakat hukumatining sobiq ikki rahbari Ahmad Uyaxiy va Abdulmalik Salloliyning har birini 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.Ria Novosti muxbirining ma`lum qilishicha, sobiq...
Ichida o`zbeklar va tojiklar bo`lgan avtobus Qozog`istonda YTHga uchradi

02.12.2019, 18:13

Bugun “Samara – Chimkent” yo`lida 74 nafar yo`lovchini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Oqibatda ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kazavtojol MK” AJ matbuot xizmati boshlig`i...