25 oktyabr kuni Angren shahar 5/5 dahasida joylashgan sartaroshxonada ishlovchi Guli ismli 25 yoshli ayol o`zi bilan birga yashab kelgan Zohid ismli tanishini o`ldirib qo`ydi. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» axborot dasturida xabar berildi.
Guli va Zohid tungi soat 02:00 larda o`zaro janjallashib qolgan. Buning oqibatida Guli 20 yoshli Zohidning chap ko`krak qafasiga oshxona pichog`i bilan bir marotaba urib, uni qasddan o`ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modda («Qasddan odam o`ldirish») 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.