my5

2 ta rahbar lavozimidan olindi, hokim o`rinbosariga muddat belgilandi

Jamiyat 03.11.2019, 16:03
Теглар: hokim, Qarshi
1349
2 ta rahbar lavozimidan olindi, hokim o`rinbosariga muddat belgilandi

Kecha Qarshi shahridagi madaniyat va aholi dam olish markazida kengaytirilgan yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda viloyat hokimi boshchiligida Qarshi shahrida shu kungacha o`tkazilgan o`rganish natijalari atroflicha muhokama qilindi. Bu haqida Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

Yig`ilishda o`rganishlar davomida sanitariya-gigiena talabiga javob bermaydigan mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shaharsozlik normasiga mos bo`lmagan qurilishlarga ruxsat berish, noqonuniy, o`zboshimchalik bilan qurilishlarni amalga oshirish holati aniqlangani aytib o`tildi. Mutasaddilarning bee`tiborligi, o`z vazifasini to`laqonli bajarmagani bunga asosiy sabab sifatida ko`rsatildi. 

Shularni hisobga olib, Qarshi shahar davlat sanitariya-epidemiologiya markazi bosh shifokori O.Cho`liev, Qarshi shahar qurilish bo`limi boshlig`i Sh.Bo`ronov egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Qolaversa, Qarshi shahar hokimining o`rinbosari U.Avazov ham jiddiy ogohlantirildi va unga ishni to`g`ri tashkil qilish, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 oy sinov muddati berildi.

Bundan tashqari, Qarshi shahrida noqonuniy savdo faoliyati oldini olishga lozim darajada e`tibor qaratmagani uchun Qarshi shahar soliq inspeksiyasi boshlig`i K.Qurbonovning ishda qolish yo qolmaslik masalasini ko`rib chiqish viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig`iga topshirildi. 

Шарҳлар

Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

06.02.2020, 20:49

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog`ida odob-axloqqa zid bo`lgan so`kinish holati yozilgan audioyozuv tarqaldi.Viloyat...
Qarshida erkak xotinini rashk qilib, uning hamkasbini vahshiylarcha o`ldirdi

19.12.2019, 09:40

Qarshida rashk xissiga berilgan shaxs qotilga aylandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.Kecha, 18 dekabr kuni soat 11:00 larda Qarshi shahrida joylashgan...
Andijon viloyati hokimi o`z stipendiyasini joriy etdi

18.12.2019, 20:39

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun stipendiya ta`sis etdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.Viloyat hokimi viloyatdagi oliy o`quv yurtlarida tahsil...
Xokim qaroriga o`zgartirish kiritildi. Endi navoiyliklar uyiga mehmon kelsa, bir kun uchun 3 ming so`m to`laydi

18.12.2019, 10:26

Navoiy shahri hokimining yangi qaroriga asosan oilaviy yotoqxonalarda yashovchilar uyiga mehmon olib kelsa, mehmon uchun ham alohida pul to`lashi joriy etilgani xabar qilingan edi. Ushbu...