my5

Qozog`istonda O`zbekiston fuqarosi vafot etdi

Jamiyat 04.11.2019, 01:22
Теглар: TIV, Qozog`iston
895
Qozog`istonda O`zbekiston fuqarosi vafot etdi

2019-yilning 29-oktyabr kuni Nur-Sulton shahri yo`nalishidagi Ekaterinburg-Olmaota avtomobil yo`lida Aqmo`la viloyatining Arshali tumani hududida avtomobil urib ketishi natijasida O`zbekiston fuqarosi A.U. voqea joyida halok bo`ldi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma`lum qildi.

Elchixonaning Konsullik bo`limi vaziyatni nazoratga olgan va Aqmo`la viloyati yo`l polisiyasining tergov organlari bilan aloqa o`rnatgan, shuningdek, marhumning jasadini vatanga yuborish bo`yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug`ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya izhor etadi va Qozog`istonning Nur-sulton shahri, Aqmo`la, Shimoliy Qozog`iston, Pavlodar, Qo`stanay va Qarag`andi viloyatlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda O`zbekistonning Nur-sulton shahridagi Elchixonasiga + 7-717-295-42-52 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslaydi.

Шарҳлар

Rossiyadan kelayotgan o`zbeklar Qozog`istonda YTHga uchradi, ulardan biri halok bo`lgan

16.12.2019, 09:35

O`zbekistonlik fuqaro YTHga uchrab vafot etdi. Bu haqda TIV ma`lum qildiMamlakatimizning Qozog`istondagi Elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, 2019 yil 13 dekabr kuni ertalab soat 9:30 atrofida, Qarag`anda...
Qozog`istonda O`zbekiston Oliy Majlisi deputatligi uchun ovoz berish boshlandi

13.12.2019, 08:50

Qozog`istonda 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga muddatidan avval saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Kazinform’ga tayannib O`zA.“Fuqarolarga imkon qadar qulay...
Ichida o`zbeklar va tojiklar bo`lgan avtobus Qozog`istonda YTHga uchradi

02.12.2019, 18:13

Bugun “Samara – Chimkent” yo`lida 74 nafar yo`lovchini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Oqibatda ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kazavtojol MK” AJ matbuot xizmati boshlig`i...
Qozog`istonda sovuqda buzilib qolgan avtobusdan 55 nafar O`zbekiston fuqarosi qutqarib qolindi

22.11.2019, 14:14

O`zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog`iston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 20 noyabr kuni Samara-Chimkent yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan va ichida 57 nafar odam, jumladan 55 ta O`zbekiston fuqarosi...