Му5
4

Buxoroda ichkuyov bo`lib yashagan 32 yoshli erkakning jasadi osilgan holda topildi

Jinoyat 04.11.2019, 23:42
Теглар: Qotillik, Buxoro, Bosh prokuratura
1571
Buxoroda ichkuyov bo`lib yashagan 32 yoshli erkakning jasadi osilgan holda topildi

Buxoro viloyati Olot tumanida 5 yildan buyon ichkuyov bo`lib yashagan 32 yoshli N.U. o`z joniga qasd qildi. Buxoro viloyat prokuraturasi voqea tafsilotlarini Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

N.U. Qorako`l tuman, «Kulonchi» MFYda yashovchi qo`shnisi R.T.ga tegishli molxonada o`zini-o`zi arqon yordamida osishi oqibatida vafot etganligi holati yuzasidan 24 iyunda Qorako`l tuman prokuraturasiga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, 24 iyunda hodisa joyi va murda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilib, hodisa joyi sxemasi tuzilgan va sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ekspertning xulosasida N.U.ning o`limi bo`yin a`zolarining sirtmoq bilan qisilishidan yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, ya`ni osilish natijasida o`tkir qon tomir va nafas etishmovchiligi oqibatida yuzagan kelganligi va marhumning qon tarkibida 1,49 pr.l etil spirti topilganligi ko`rsatilgan.

N.U.ning o`z joniga qasd qilganidan keyin fuqaro F.T., qaynotasi H.H., akasi M.U., ukasi O.U. hamda yangasi D.J. ko`rgan va marhum N.U.ning akasi O.U. shu joydagi oxur ustiga chiqib arqonni echib olib, marhumni Olot tuman kasalxonasiga olib ketgan.

H.H. dastlab bergan tushuntirishida M.U. uyiga ukasini so`rab kelganida ukasi unga qo`ng`iroq qilib, «kelsang kel, meni ko`rsanglar ko`rasizlar, men o`zimni osib o`ldiraman» deb aytganligini bayon qilgan. Ushbu holatni N.U.ning qaynonasi D.J.ham tasdiqlab, M.U. ukasi N.U. unga qo`ng`iroq qilib, «jasadimni olib ketinglar» deb aytganligini bildirgan.

Holat yuzasidan tushuntirish bergan marhum N.U.ning turmush o`rtog`i R.H., qaynotasi H.H., qaynonasi D.J., bojasi F.B. N.U. 2018 yilning 21 martida ham o`z joniga suiqasd qilganligini bildirgan. U o`zini osmoqchi bo`lgan vaqtida Cho`pon A.R. tomonidan qutqarib qolingan.

Shuningdek, 2019 yilning 1 avgustida Qorako`l tuman «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan «Kulonchi» MFY hududida o`tkazilgan yig`ilishda MFY raisi Sh.R. marhum N.U.ning akalari bilan doimiy kelishmovchiligi borligini, qaynotasi va xotini to`g`risida esa ijobiy firk bildirgan.

Qo`shnisi R.T., D.Sh., Sh.A. va Yo.Ya. H.H.ning kuyovi N.U.ni 2014 yildan buyon tanishi, ularning o`rtasida biron marotaba urish-janjal bo`lmaganligini aytgan.

Tergovga qadar tekshirish yakuniga ko`ra, 22 avgustda Jinoyat kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atish rad qilingan. Fuqaro M.U.ning arizasi yuzasidan 22 avgustdagi qarorning qonuniyligi tuman prokurori tomonidan to`plangan tergovga qadar tekshirish hujjatlari bilan birga o`rganilib, 30 avgust kuni bekor qilingan.

Marhum N.U. foydalanib kelgan mobil telefon raqamining kirish-chiqish qo`ng`iroqlari olinib, tegishli tartibda ko`zdan kechirilganda, 24 iyunda hamkasbi Yo.N. va X.X., turmush o`rtog`i R.H. va akasi M.U.ning ayoli F.X.ga tegishli raqamlar bilan gaplashganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, M.E. tushuntirish xatida marhum N.U. 24 iyunda uning yashash uyiga kelganligini, «yanga amakim qaerdalar, do`kondan aroq olib keldim, chaqiring birga ichamiz» deganligini, amakisi uxlaganligi sababli qaytib uyiga kirib ketganligini bildirgan.

Marhum N.U.ning akasi M.U. va ukasi O.U., N.U. osilib turgan molxona ayvonining tom qismi yarmi ochiq va yarmi yopiqligini, N.U. osilib turgan joyning tom qismi ochiqligini bildirgan.

Marhum N.U.ning o`z joniga qasd qilgunga qadar bo`lgan holatini aniqlash maqsadida 21 avgustda tayinlangan sudga oid psixiatriya ekspertizasining xulosasida N.U.ning o`limiga «farzandsizlik muhiti, qisqa muddat ichida ota-onasining o`limi, 2015 yildan qaynotasining uyida yashashga majbur bo`lganligi, 24 iyunda ota-onasining 40 kunlik o`limi marosimi va spirtli ichimlik iste`mol qilganligi» holatlari «Depressiv-affekt» holatiga tushishiga va o`z joniga qasd qilishiga sabab bo`lganligi qayd etilgan.

Holat yuzasidan 26 nafar shaxsdan tushuntirish xati olingan bo`lib, ularning barchasi N.U.ga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan rahmsiz muomala qilinmaganligini, uning sha`ni va qadr-qimmati kamsitilmaganligini, o`limidan oldin biron-bir shaxslar bilan janjal qilmaganligini va qarz oldi-berdisi yo`qligini bildirgan.

Qarorda ko`rsatilgan bandlar ijrosi ta`minlanib, natijasiga ko`ra, 30 avgustda Jinoyat kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atish rad qilingan.

 

Шарҳлар

Bosh prokuratura Saidovning “Facebook”da e`lon qilgan xabari yuzasidan bayonot berdi

16.12.2019, 12:08

“Facebook” ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Dilmurod Saidov sahifasi orqali o`zi bilan bog`liq sud qarorlaridan norozi bo`lib bir nechta “post” e`lon qilgan.Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha,...
Buxorodagi lisey yotoqxonasida bo`lgan janjalda 1-kurs o`quvchisi qattiq jarohatlandi

13.12.2019, 11:09

Buxoro Tibbiyot instituti qoshidagi Akademik lisey yotoqxonasida o`quvchilar o`rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati ma`lum qildi.Unga ko`ra, joriy yilning 2 dekabr kuni...
Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi

12.12.2019, 16:14

Aksariyat hollarda farzandlar ta`minoti uchun otalardan aliment undiriladi. Shundan farqli o`laroq bu ijro ishida aliment onadan undirildi.F.Ya. Buxoro shahrida tug`ilgan I.J. bilan turmush qurib, 3...
Bosh prokuratura jinoyat ishi ochilgan xususiy bandlik agentligi ishi bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

11.12.2019, 19:08

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “HUMAN xususiy bandlik Agentligi” MChJ rahbari Sh.Fayzullaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo`zg`atilgan...