Mamlakatimizning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2019-yilning 31-oktyabr kuni og`ir jarohatlar bilan “Çorlu Devlet Hastanesi” tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan O`zbekiston fuqarosi Z.V. vafot etdi.
Konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so`ng hamyurtimizning jasadi dafn qilish uchun vatanga yuborildi.
Marhumning ish joyi “Yıldız Taşlama” fabrikasidagi avariya va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bo`yicha tergov davom etmoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi.
Konsullik huquqiy departamenti marhumning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya va Ruminiya hududida bo`lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkin.
05.11.2019 16:18
Turkiyadagi fabrikada halokatga uchragan vatandoshimiz vafot etdi
