my5

Botir Daminov: Oliy ta`limda korrupsiyaga chek qo`yiladi

Jamiyat 05.11.2019, 23:05
Теглар: ​Korrupsiya, Oliy ta`lim
1475
Botir Daminov: Oliy ta`limda korrupsiyaga chek qo`yiladi

 Joriy yilning 5 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari Sh.D. Kudbiev va A.A. Abduvaxitov, Davlat xavfsizlik xizmati raisi o`rinbosari, Bosh prokuror o`rinbosari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri I.U. Majidov hamda oliy ta`lim muassasalari rektorlari va prorektorlari ishtirokida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Ushbu uchrashuvda muhokama qilingan masalalar bo`yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Botir Daminov fikr bildirdi.

— Mazkur uchrashuv mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, vatanimizni rivojlanishi, yosh avlodni vatanparvarlik, ma`naviy jihatdan etuk va salohiyatli kelajak bunyodkorlari sifatida shakllanishiga to`sqinlik qiluvchi eng ayanchli va jamiyatimiz uchun noloyiq bo`lgan oliy ta`limda korrupsiya masalalariga bag`ishlandi.

Uchrashuvni har bir ishtirokchisi uchun, kelajakka, yoshlarning tarbiyasiga befarq bo`lmagan insonlar uchun bugungi kunning eng dolzarb masalasi sifatida qalbidan muhim o`rin egalladi.

Korrupsiya xalqning davlat va uning organlariga bo`lgan ishonchiga putur etkazadi, jamiyatning axloqiy asoslarini emiradi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning vujudga kelishi va chuqurlashishiga sabab bo`ladi. Tan olish kerakki, jamiyatimizda mazkur illat yillar davomida tomir otganligi xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev deyarli har bir chiqishlarida bizlarni bot-bot ogohlikka chorlayotganligi bejiz emas.

Lekin korrupsiyaga qarshi kurash tobora qat`iy bo`lib borsa-da, ajriq kabi uning ildizlari hali-hanuz saqlanib qolgan ko`rinadi. Astoydil ta`lim olib, ne-ne orzular bilan o`qishga topshirgan yoshlar manfaatini hatlab o`tib, harom luqma bilan kun kechirishni o`ziga odat qilgan ayrim nopok insonlar hozir ham uchrab turgani jamiyatimizdagi sog`lom muhitga salbiy ta`sir qilmoqda.

Xalqimizning tom ma`nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat mas`ul idoralar, balki har bir fuqaro o`z hissasini qo`shishi zarur. Buning uchun yurtdoshlarimizda korrupsiyaga, umuman, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati shakllanishi talab qilinadi. Chunki qonunbuzarliklar sodir etilishiga ko`pincha odamlardagi loqaydlik, ayniqsa, o`z haq-huquqini bilmaslik ham sabab bo`lyapti. Barchaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorlikni his etgan holda hamjihatlikda ish olib borishi illatlarning batamom barham topishiga xizmat qiladi. Bunga erishish uchun esa uchrashuv ishtirokchilari, shu jumladan, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti jamoasi tomonidan ta`kidlanganidek ushbu illatning ta`lim muassasalarida kuzatilmasligi va uning har qanday ko`rinishlarini oldini olish bo`yicha barcha choralarni ko`rib, kelajakda bilimli, salohiyatli va raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning aholi salomatligini saqlash borasida o`zining salmoqli hissasini qo`shishi uchun shart-sharoitlarni yaratish, oliy ta`limni korrupsiyadan holi sohaga aylantirishda barchamiz o`z hissamizni qo`shishimiz zarur.

Bir so`z bilan aytganda, korrupsiya kabi illatni oliy ta`limdan yukotish uchun nafaqat davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, balki xar birimiz bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil ishlashimiz zarur.

Шарҳлар

Farg`onada ikkita korrupsiyaning oldi olindi

25.12.2019, 12:01

Uza muxbirlarining xabar berishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Farg`ona viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Zarkent agrosanoat kasb-hunar...
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

11.12.2019, 09:00

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O`zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni bilan 2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat...
Oliy ta`lim tizimiga oid navbatdagi “uydirma” tarqaldi

09.12.2019, 13:52

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta`lim tizimiga oid navbatdagi yolg`on xabarlar tarqatildi. Jumladan, xorijiy oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalarni zudlik bilan ko`chirib kelish, o`qishni ko`chirish...
O`zbekistonda ruxsati bo`lmagan ayrim Rossiya OTMlari abiturientlardan hujjat qabul qilayotgani ma`lum bo`ldi

25.11.2019, 13:22

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O`zbekistonda oliy ta`lim muassasasi sifatida faoliyat ko`rsatish huquqiga ega bo`lmagan ayrim OTM abiturientlardan hujjat qabul qilayotgani haqida  xabar berdi. (https://t.me/uztdi/590)Inspeksiya...