my5
all

Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovning Toshkentdagi hovlisida tintuv o`tkazildi

Jamiyat 06.11.2019, 11:17
Теглар: Bosh prokuror, Otabek Murodov
2686
Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovning Toshkentdagi hovlisida tintuv o`tkazildi

O`zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Otabek Murodovning mol-mulki va uylari ro`yxati shakllantirilgan. Bu haqda «7news.uz» ishonchli manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Otabek Murodovning Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-5 dagi xonadoni huquqni muhofaza qilish idoralar xodimlari tomonidan tintuv qilingan.

Ishonchli manba Otabek Murodovning Toshkentda hovlisi borligi va unga huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari kelib tintuv o`tkazganini ham xabar qildi. Lekin, hovli borasidagi ma`lumotlar hozircha to`liq tasdiqlanmadi.

Shuningdek, Otabek Murodovning yaqindagina xavfsizlik idoralaridan birida ish boshlagan jiyani M.A. (Ismi-sharifi bizga ma`lum) o`z arizasiga ko`ra ishdan bo`shagan.

Darakchi.uz vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida mutasaddilar bilan bog`landi. Biroq, mas`ul organ ayni paytda bu hakda ma`lumotlar mavjud emasligini ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatidagi yig`ilishda Prezident Shavkat Mirziyoev sobiq Bosh prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qilgani haqida xabar qilgan edik.

O`zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Otabek Murodovdan oldin Rashidjon Qodirov, va Ixtiyor Abdullaev ham qamoqqa olingan edi.

Шарҳлар

Bosh prokuror bir kun samarqandliklar dardu tashvishlari bilan yashadi (foto)

22.12.2019, 10:32

Bugungi kunda prokuratura organlari tomonidan o`tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o`zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.Xususan, kecha,...
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi sotuvga qo`yildi. Narxi hayratlanarli

19.11.2019, 08:11

O`zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan uyi kimoshdi savdosiga qo`yildi. Bu haqda «Daryo» manbalari xabar bergan.Sobiq bosh prokurorning uyi...