Му5
46

Abdulaziz Aqqulov O`zbekiston Etnosport va strongmen federasiyasi raisi etib tayinlandi

Sport 06.11.2019, 11:17
222
Abdulaziz Aqqulov O`zbekiston Etnosport va strongmen federasiyasi raisi etib tayinlandi

Toshkent shahrida Butunjahon Strongmen Federasiyasi va Butunjahon etnosport alyansi («World Ethnosport») kengashining   matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Tadbirni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi. “Yurtimizda sport turizmini rivojlantirish bo`yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Bular sirasiga joriy yilning 7-9 iyun kunlari Xiva shahrida Pahlavon Mahmud xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan “Bahodirlar o`yini” xalqaro turnirini keltirish mumkin. Bundan tashqari, kuni kecha Samarqand shahrida Samarkand Half Marathon – ilk xalqaro xayriya marafoni o`tkazildi. Unda 28 mamlakatdan 1700 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Ushbu marafon O`zbekistonda birinchi xayriya marafoni bo`ldi", – deya  o`z nutqida ma`lumot berdi Aziz Abduhakimov. 

Shuningdek, yurtimizda sport turizmini targ`ib qilish bo`yicha 17 oktyabrdan 22 oktyabrgacha O`zbekistonda “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida “Aral Marathon” I Xalqaro ekologik marafoni bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir Orol dengizi muammolariga bag`ishlangan Xalqaro konferensiya arafasida O`zbekistonning olti shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Mo`ynoqda o`tkazildi. Butunjahon Strongmen Federasiyasi va Butunjahon etnosport alyansi («World Ethnosport») kengashining   matbuot anjumanida OAV vakillariga «UzReport» axborot agentligining bosh direktori Ravshanxon Jo`raevni Butunjahon Strongmen Federasiyasi prezidenti va Butunjahon etnosport ittifoqi kengashi raisi etib, Abdulaziz Aqqulov esa O`zbekistonda yangi tashkil qilingan  Etnosport va strongmenlar federasiyasi rahbari etib tayinlangani haqida e`lon qilindi. 

O`zbekistonda World Strongmen Cup 2020 Jahon seriyasi musobaqalari Xivada iyun oyidan boshlab o`tkazilishi bo`yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, Etnosport Chellenj va Pahlavon Mahmud nomidagi "BAHODIRLAR O‘YINI"  II Xalqaro turniri ham bo`lib o`tadi. Tadbirlar Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan tashkil qilinadi. 

Шарҳлар