my5

Uchtepa tumani hokimiga birinchi o`rinbosar tayinlandi

Jamiyat 07.11.2019, 16:27
Теглар: hokim, Uchtepa tumani
845
Uchtepa tumani hokimiga birinchi o`rinbosar tayinlandi

Uchtepa tumani hokimiga birinchi o`rinbosar etib 1985 yilda tug`ilgan Xujanov Aziz Majidovich tayinlandi.

U 2008 yilda V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, 2012 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda Toshkent shahar binolardan foydalanish departamenti mutaxassisi lavozimidan boshlagan. Undan so`ng Yakkasaroy tuman hokimligining bosh mutaxassisi,Toshkent shahar “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasida iqtisodchi, Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi yordamchisi, “O`zkommunxizmat” agentligi Tashqi iqtisodiy aloqalar va investisiyalar boshqarmasining bosh mutaxassisi, bo`lim boshlig`i, boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i birinchi o`rinbosari, Toshkent shahar Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida ishlagan.

U 2019 yilning 6 noyabridan Uchtepa tuman hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari etib tayinlandi, deya xabar beradi Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmati.

Шарҳлар

Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

06.02.2020, 20:49

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog`ida odob-axloqqa zid bo`lgan so`kinish holati yozilgan audioyozuv tarqaldi.Viloyat...
Andijon viloyati hokimi o`z stipendiyasini joriy etdi

18.12.2019, 20:39

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun stipendiya ta`sis etdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.Viloyat hokimi viloyatdagi oliy o`quv yurtlarida tahsil...
Xokim qaroriga o`zgartirish kiritildi. Endi navoiyliklar uyiga mehmon kelsa, bir kun uchun 3 ming so`m to`laydi

18.12.2019, 10:26

Navoiy shahri hokimining yangi qaroriga asosan oilaviy yotoqxonalarda yashovchilar uyiga mehmon olib kelsa, mehmon uchun ham alohida pul to`lashi joriy etilgani xabar qilingan edi. Ushbu...
Viloyat hokimlari bir kunda necha soat uxlashini ma`lum qildi, faqat Farg`ona hokimi...(video)

17.12.2019, 11:44

Senatning 25-yalpi majlisi ko`plab qonun muhokamalari va yangi tartiblarning tasdiqlanishi bilan birga yana bir qancha yangiliklar bilan ham ahamiyatli bo`ldi. Xususan, “Qalampir.uz” muxbiri tomonidan majlisga yig`ilgan...