my5
Sevimli

Aeroportda soxta Malayziya pasportli bir guruh shri-lankaliklar ushlandi

Jamiyat 09.11.2019, 22:05
Теглар: Aeroport, Pasport, Malayziya
Aeroportda soxta Malayziya pasportli bir guruh shri-lankaliklar ushlandi

Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o`tish bo`yicha muayyan qonun-qoidalar to`g`risidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borilishiga qaramay ba`zi bir shaxslar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmasligi holatlari uchrab turmoqda, deya xabar qilmoqda DXX.

Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o`tkazish vaqtida ana shunday shaxslardan yana bir guruhi qo`lga olindi. 

Ular taqdim etgan Malayziya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi ma`lum bo`ldi. Tegishli organ vakillari tomonidan o`tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko`rildi.

Шарҳлар

Ekopartiya a`zosi Toshkentga keluvchilar uchun yangi tizimni taklif qildi, bloger unga javoban “viloyatliklarning pasporti qora bo`lsachi?” demoqda

11.12.2019, 18:36

Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi."Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin...
Toshkent aeroportda britaniyalikni pasporti bilan O`zbekistonga kirmoqchi bo`lgan afg`onistonlik qo`lga olindi

19.11.2019, 19:48

Toshkent xalqaro aeroportida boshqa birovga tegishli Buyuk Britaniya pasporti bilan O`zbekistonga kirmoqchi bo`lgan Afg`oniston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda DXX ma`lum qildi. 2019 yil 17 noyabr...
O`zbekistonda aeroportlar xususiylashtirilishi mumkin

15.11.2019, 09:30

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.Bekenov Yaponiya fuqaro aviasiyasi byurosi direktori o`rinbosari boshchiligidagi “Sumitomo korporeyshn” kompaniyasi delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda Agentlik Matbuot xizmati ma`lum...
Buvaydalik ota 64 yoshida SSR pasportini “biometrik”ka almashtirdi

11.11.2019, 18:33

Buvayda tumani "Ozod" MFYda istiqomat qiluvchi, 1955-yilda tug`ilgan Mo`minjon ota sobiq SSR pasporti bilan yurgani, e`tiborsizligi tufayli biometrik pasportni olmaginni aytib Buvayda tumani adliya bo`limi...