13

Yosh kinoijodkorlar filmlari uchun grant ajratiladi

Madaniyat 10.11.2019, 23:24
Теглар: O`zbekkino, yosh kinoijodkorlar
783
Yosh kinoijodkorlar filmlari uchun grant ajratiladi

“O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan o`tkazilgan ijodiy anjumanda zamonaviy o`zbek kinosida yosh kadrlar muammosi va uning echimlari muhokama etildi. Shuningdek zamonaviy kinoda rassomning roli, prodyuserlik faoliyati, ovoz va musiqiy bezak kabi mavzular ham tahlil qilindi.Mazkur anjumanda asosan yosh kinoijodkorlarga so`z berildi. Ular o`zlarini qiynayotgan muammolarni, soha istiqboli uchun o`z taklif va mulohazalarini bildirib o`tishdi.

Sarvar Karimov, kinorejissyor: 

– “PROlogue” festivali boshlovchi kinoijodkorlar, talabalar uchun katta imkoniyatlar maydoni edi. Lekin o`tgan yildan boshlab, qisqa metrajli filmlar emas, to`la metrajli filmlar festivaliga aylanib, o`z yo`nalishini o`zgartirdi. Yoshlar uchun nominasiyalar ham kamaytirilgan. Bu festival o`zining o`rni, vazifasini yo`qotgan festival. Men istardimki, u yana avvalgi holatiga qaytarilsa, talabalar, boshlovchi ijodkorlar uchun yaxshi stimul bo`lardi. Kino – jamoaviy ijod. Shuning uchun yoshlarni qo`llab-quvvatlash kerak. Turli janrlarda tajriba qilib ko`rish uchun ham imkoniyat berish zarur.

Jahongir Ahmedov, kinorejissyor:

– Hozirgi yoshlarga tezroq kino bilan bog`lanish imkoniyatini berishimiz lozim. Bugun ularga imkon bermasak, avlodlar orasidagi bo`shliq hali-beri to`lmaydi. Kadrlarni faqat O`zDSMIdan izlayverishimiz noto`g`ri, menimcha. Chunki rejissyorlar, operatorlar, aktyorlar s`yomka maydonida tug`iladi.

Yana bir kinorejissyor Nodira Zufarova san`at oliygohini tugatganiga 8-10 yil bo`lganiga qaramasdan, ikkinchi rejissyor, rejissyor assistenti vazifasida ishlab yurgan yosh ijodkorlarga ham imkoniyat berish kerakligi to`g`risida gapirdi.

“Biz, albatta, yoshlarimizga har taraflama yordam berishga, ularni qo`llab-quvvatlashga tayyormiz! Agar ularning muammolarini o`rgansak va hal qilishda yordam bersak, iste`dodlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratsak milliy kinomizni jahon ekranlariga olib chiqish uchun zamin yaratgan bo`lamiz”, – dedi “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. 

“O`zbekkino” rahbari Agentlik binosi ta`mirlangandan so`ng bu erda yosh ijodkorlar uchun 150 o`rinli ijodiy laboratoriya ochilishini ma`lum qildi. “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” bilan bir qatorda markazlashgan “Yoshlar ijodiy tajriba maktabi”ni tashkil etish ko`zda tutilayotganini aytdi. Shuningdek kelgusida yosh kinoijodkorlar uchun Agentlik tomonidan yiliga 20 ta qisqa metrajli, bolalar uchun – 10 ta to`liq metrajli, institut talabalari uchun 10 ta qisqa metrajli filmlarga grant mablag`lari ajratilishini ta`kidladi. 

Шарҳлар

Ayni paytda "O`zbekkino"da muhim masala ko`rilyapti

31.10.2019, 17:56

Ayni paytda "O`zbekkino" Milliy agentligida Vazirlar Mahkamasining davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan badiiy filmlarning reklamasi hamda televidenie, radio va Internet tarmoqlaridagi piar-kompaniyasi tashkil etish va...