Му5
48

Suv etkazib berish bo`yicha davlat xarajatlari iste`molchilar tomonidan qoplanadi

Jamiyat 12.11.2019, 14:20
97
Suv etkazib berish bo`yicha davlat xarajatlari iste`molchilar tomonidan qoplanadi

Suvni etkazib berish bo`yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste`molchilari tomonidan qoplash tartibi belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e`lon qilindi.

Suvni etkazib berish bo`yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste`molchilari tomonidan qoplash tartibini belgilash tartibi to`g`risidagi Nizom tasdiqlanadi.

Belgilab qo`yilishicha, Nizom 2020 yil 1 iyulidan kuchga kiritiladi.

O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi:

Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 – 2022 yillar tajribasidan kelib chiqib suv xo`jaligi tashkilotlari tomonidan suv etkazib berish bo`yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste`molchilari tomonidan qoplash tartibini takomillashtirish yuzasidan 2023 yilning 1 yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Suvni etkazib berish bo`yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste`molchilari tomonidan qoplash tartibini belgilash to`g`risidagi nizomga ko`ra, suv xo`jaligi tashkilotlari tomonidan iste`molchilarga suvni etkazib berish bo`yicha xizmatlar ular o`rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq to`lovlar asosida amalga oshiriladi.

Suvni etkazib berish xarajatlarini qoplash miqdori qishloq xo`jaligi korxonalari tomonidan sug`oriladigan maydonning ball boniteti va ekilgan ekin turiga qarab turlicha belgilanadi.

Vazirlik tizimidagi suv xo`jaligi tashkilotlarining bir birlik (1 kub m) hajmdagi suv etkazib berish xarajatlari mazkur tashkilotlarni saqlash uchun ajratilgan mablag`lar va etkazib beriladigan suv miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.

Suvni etkazib berish bo`yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlar quyidagicha foizlarda qoplanadi:

2020 yilda – 10 foizi;

2021 yilda – 20 foizi;

2022 yilda – 30 foizi;

2023 yilda – 40 foizi;

2024 yilda – 50 foizi.

Qishloq xo`jaligi korxonalari sug`oriladigan ekin maydoni o`lchamiga qarab bir yilda ikki marta: 1 iyul sanasigacha 50 foizini, 20 dekabr sanasigacha qolgan 50 foizini; sanoat va energetika tashkilotlari har oy davomida etkazib berilgan texnik suv uchun to`lovlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar suv xo`jaligi tashkilotlarining Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg`armasi hisob raqamiga o`tkazib beradi.

Suv etkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida iste`molchilardan kelib tushgan mablag`lar suv xo`jaligi tashkiloti tomonidan quyidagicha taqsimlanadi:

90 foizi – besh ish kuni mobaynida Vazirlik huzuridagi Suv xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasiga o`tkazib beriladi;

10 foizi – suv xo`jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladi.

Vazirlik huzuridagi Suv xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasiga texnik suv etkazib berish bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablag`lar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to`g`risida nizomda ko`rsatib o`tilgan maqsadlarga sarflanadi.

Ko`rsatib o`tilgan suv xo`jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladigan mablag`lar quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

suv xo`jaligi ob`ektlarida favqulodda holatlar yuz berishining oldini olish va tabiiy ofatlar yuz bergan hollarda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga;

xodimlarni belgilangan tartibda ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag`batlantirishga;

suv xo`jaligi tashkilotlarini saqlashga, ularning tasarrufidagi irrigasiya tizimini ta`mirlash va tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, lizing to`lovlarini amalga oshirish hamda kadrlar malakasini oshirishga yo`naltiriladi.

Шарҳлар