my5

Xazorasp nega kunduzi elektr energiyasidan uzilmoqda?

Jamiyat 12.11.2019, 16:01
Теглар: elektr energiya
836
Xazorasp nega kunduzi elektr energiyasidan uzilmoqda?

Kecha, 11 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “ XORAZM – “Elektr energiyasi kunduzi umuman berilmayapti” sarlavhali maqola e`lon qilingan. 

Mazkur holat “Xorazm hududi elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tezkor o`rganildi. Bu haqda jamiyat Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi magistral yo`lning chetidagi "Sanoat" podstansiyadan chiquvchi 10 kV «KARVAK» fiderida ko`pchilik simyog`ochlar yog`och ustundan iborat  edi. 

Hududlardagi yog`och ustunlarni beton ustunlarga almashtirish “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJning joriy ta`mirlash rejasiga kiritilgan bo`lib, 4-noyabrdan 11-noyabrgacha joriy ta`mirlash va yog`och usturlarni beton ustunlarga almashtirish rejasi asosida ishlar olib borildi.  Shu sabab,  4-11 noyabr kunlari soat 10:00 dan  18:00 ga qadar tumanda ta`mirlash ishlari elektr energiyasidan ajratilgan holatda amalga oshirildi.

Ma`lumki, elektr energiyasidan ajratilmagan holatda ta`mirlash ishlari olib borilgan taqdirda, elektr energiyasi xodimlari hayoti xavf ostida qolishi mumkin.  Shu sababli yuqoridagi hududlarda elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgan. 

 

Шарҳлар

“O`zbekiston MET” AJ: "Afg`on energetiklari jangarilar etkazgan ziyonni tiklashmoqda"

31.10.2019, 10:36

 29 oktyabr kuni Afg`oniston Islom Respublikasining “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) ijrochi direktori janob Omonullo G`olibdan “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi D.Isaqulov...