Му5
48

"O`zbekkino" rossiyalik multiplakatorlar bilan hamkorlikda Xo`ja Nasriddin haqidagi multserialni suratga oladi

Madaniyat 12.11.2019, 17:08
315
"O`zbekkino" rossiyalik multiplakatorlar bilan hamkorlikda Xo`ja Nasriddin haqidagi multserialni suratga oladi

Ayni paytda Rossiyada xizmat safarida bo`lib turgan "O`zbekkino" Milliy agentligi delegasiyasi a`zolari Moskvadagi "Soyuzmultfilm" federal davlat unitar korxonasiga tashrif buyurishdi. Tomonlar hamkorlik to`g`risida memorandum imzolab, birgalikda Xo`ja Nasriddin haqida animasion serialni yaratishga kelishib oldilar.

"Bugungi kunda milliy animasiya san`atini rivojlantirishga jiddiy e`tibor berilmoqda, - dedi "O`zbekkino" Bosh direktori F.Abduholiqov. - Biz jajji tomoshabinlarini o`ziga jalb qiladigan milliy multfilmlarni ko`paytirishimiz kerak. Yaqinda milliy multiqahramonlar qiyofasini yaratish uchun tanlov e`lon qildik. Bugun “Soyuzmultfilm bilan yo`lga qo`yilayotgan hamkorlik ham o`z samarasini berishiga ishonamiz. Xususan, yangi multiserial qahramoni – Xo`ja Nasriddin obrazi nafaqat bolalar, balki kattalarning ham qalbidan joy oladi, deb umid qilamiz. 

“Biz 20 yildan beri O`zbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatini kutib kelardik. Xo`ja Nasriddin haqidagi animasion serialni yaratish g`oyasini so`zsiz qo`llab-quvvatlaymiz. Chunki, bir nechta avlod shu donishmand va xushchaqchaq milliy qahramon haqidagi latifalar, afsonalarni eshitib ulg`aydi, u turli xalqlarning Samarqand, Buxoro singari tarixiy shaharlar haqidagi tasavvuridan o`rin oldi”, - dedi "Soyuzmultfilm" kinostudiyasi bosh direktori Boris Mashkovsev.

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi vakillari ham ishtirok etishdi.                 

 

Шарҳлар