Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Farg`ona viloyatiga – kitob karvoni” yozuvli avtomashinaning yukxonasiga kartoshka ortilgani aks etgan fotosuratga turli fikrlar bildirilmoqda. Farg`ona viloyati axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi bu holatga oydinlik kiritdi.
Boshqarmaning mas`ullari yuk avtomashinasi egasi, asli farg`onalik bo`lgan Ma`rufjonni topib, o`zidan xolis munosabat so`radi. Uning aytishicha, “kitoblar yilning may oyi oxirida shu mashinada olib kelingan, lekin surat noyabr oyi boshlarida olingan bo`lishi kerak”. “Nega besh oycha vaqt mashina bortida yozuv qoldirilgan?”degan savolga Ma`rufjon shunday izoh berdi:
– Iyun-oktyabr oylarida mashinamiz buzilganicha noyabrda tuzaldi. Ehtiyot qismlarni to`plash cho`zilib ketdi. Katta ro`zg`orimizni tebratib turgan mashina tuzalgach, ishga chiqish oldidan Farg`ona shahar markaziga yaqin joydagi yuk mashinalarini yuvish va tozalash joyiga olib bordim. O`sha joyga yaqin hududda bir hamkasb tanishimni uchratdim va mendan yordam so`radi. Yuki bilan mashinasi buzilgan ekan. Uning iltimosiga ko`ra, qoplangan kartoshkalarni vaqtinchalikka mening mashinamga yuklab turdik. Buni haydovchilar tilida “perekid” deyishadi. 1-2 soatga, xolos. Shu kuniyoq, tanishim mashinasini ta`mirlab qaytdi, yana kartoshkalar o`z joyiga qayta yuklandi. Bu orada mashinam avtoturargohdan hech qayoqqa chiqmagan. Qolaversa, u joy bozor hududi ham emas.
Uning aytishicha, o`sha kunning o`zida ta`mirdan chiqqan mashinasini yaxshilab tozalatib, yozuvlarni ham olib tashlagan.
– To`g`risi, internetdagi surat menga qattiq ta`sir qildi,– deydi Ma`rufjon.– “Kitob karvoni” loyihasida Farg`onaga yuz mingdan oshiq kitoblarni shu mashinada o`zim tashiganman. Buni televizorda ko`rsatishgan. Ana, haligacha internetdayam turibdi ekan. Voqeani bilmay turib, odamda noxolis fikr uyg`otadigan xabarni tarqatish g`iybatdan boshqa narsa emas. Buni oqlamayman.
Ma`rufjon so`zining oxirida birovlar sha`niga noo`rin gap-so`zni ko`paytirishdan ko`ra, odamlarga yordam berishni o`ylagan yaxshi, deb qo`shib qo`ydi.
07.03.2021, 12:53
2020 yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida 31 yoshli Husanjon T., Qo`qon shahrining turli hududlarida tanishi 38 yoshli Kamoliddin I.,ga bank tizimi...25.02.2021, 18:10
2021 yil 23 fevral kuni fuqaro Q.Sh. “Lasetti-2” avtomashinasini Vodil-Farg`ona avtomobil yo`lining 7 km.da boshqarib ketayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi “Matiz”...18.02.2021, 17:48
2021 yilning 08 fevral kuni Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 31 yanvar kuni noma`lum shaxs Bozorboshi ko`chasida oldiga kelib, hayot yoki sog`liq uchun...13.02.2021, 15:00
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`onada damaschilar va taksichilar urishib ketdi” sarlavhali videolavha tarqalgan edi. Shundan so`ng mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari o`tkazishga...