AsosiyJamiyat

«Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK negizida MChJ tuzildi

«Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK negizida «Uzbekistan Nelicopters» MChJ tuzil...

'«Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK negizida MChJ tuzildi'ning rasmi

«Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK negizida «Uzbekistan Nelicopters» MChJ tuzildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining fuqaro aviasiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5584-sonli Farmonida ko`rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash yuzasidan yagona ta`sischi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi buyrug`iga muvofiq «Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK «Uzbekistan Nelicopters» mas`uliyati cheklangan jamiyati etib qayta tuzildi.  Bu haqda DUK matbuot xizmati xabar berdi.

“O`zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi ekspluatantlarini sertifikatlash tartibi to`g`risagi Nizom” talablariga va “Uzbekistan Helicopters” MChJ buyurtmasiga asosan nomlari va mulkdorlik shakli o`zgargani munosabati bilan “O`zaviasiya” agentligi tomonidan ekspluatant sertifikati № 5–O “Uzbekistan Helicopters” MChJga qayta rasmiylashtirildi.

Boshqa yangiliklar