my5

Ikki kundan buyon muhokamada bo`lgan shahar hokimi Ortiqxo`jaev masalasiga nuqta qo`yildi (foto)

Jamiyat 18.11.2019, 09:18
Теглар: Toshkent, hokim, Jahongir Ortiqxo`jaev
2077
Ikki kundan buyon muhokamada bo`lgan shahar hokimi Ortiqxo`jaev masalasiga nuqta qo`yildi (foto)

Kun.uz sayti jamoasi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bilan uchrashdi va o`zaro tushunmovchilikka barham berildi.

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy internet nashrlarida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Kun.uz muxbirlarini haqoratlayotgani, ularga jismonan yo`q qilish bilan tahdid qilayotgani aks etgan audioyozuv faol ravishda muhokama qilinmoqda.

Shu sababdan bugun, 17 noyabr kuni vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Kun.uz tahririyati vakillari va Jahongir Ortiqxo`jaev o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Muloqot davomida shahar hokimligi va sayt tahririyatiga taalluqli, yuzaga kelgan muammoli masalalar muhokama qilindi.

Shuni rasman ma`lum qilmoqchimizki, mazkur muloqot yakuniga ko`ra sayt jamoasi va poytaxt hokimligi rahbariyati o`rtasidagi barcha tushunmovchiliklar barham topdi. Tomonlar bir-birini tushunib, o`zaro murosaga keldi.

Sayt tahririyati hokimning ushbu vaziyat yuzasidan bildirgan mulohazalarini qoniqarli deb topgan va hamkasblariga faol qo`llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Shu bilan birgalikda, sayt xodimlari bu masalani ortiq muhokama qilmaslikni so`ragan.

Avvalroq, ma`lum bo`lishicha, mazkur tahdid shahar hokimidan Olmazor tumani hokimining sobiq o`rinbosari Abdurasul Vahobov bilan bog`liq voqeaning ertasiga Kun.uz muxbirlari Rahmatilla Isroilov, Sherzod Egamberdiev va Bahodir Ahmedov hokim qabulida bo`lgan chog`da yangragan.

 Davlat, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar Ortiqxo`jaev bilan bog`liq ishga munosabat bildirib, Bosh prokuratura tomonidan audioyozuvdagi ovozning Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevga mansubligi, qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o`rganilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Шарҳлар

Toshkent viloyati fermerlari davlatga paxta topshirish rejasini bajarishdi

22.10.2020, 23:11

Toshkent viloyati fermerlari davlatga paxta topshirish rejasini bajarishdi. Bu haqda hokimlik xabar bermoqda.Manbaning ma`lum qilishicha, Toshkent viloyatida 2020 yilda shartnoma bo`yicha 229 600 tonna paxta...
Toshkentda 6 oktyabrdan 312 ta umumta`lim maktabida darslar an`aviy tarzda olib boriladi

05.10.2020, 21:15

Toshkentda endi 312 ta umumta`lim maktabida darslar an`aviy tarzda olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati xabar berdi.Hurmatli poytaxtliklar! Farzandlari umumta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan...
Toshkentda taqiqdagi «Malibu-2»ni sotgan shaxsga jinoiy ish ochildi

25.09.2020, 22:50

Toshkentda 41 yoshli erkak taqiqdagi mashinani sotgani uchun jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.Ma`lum bo`lishicha, 25 mart kuni Shayxontohur tumanida 41 yoshli...
Toshkentdagi ko`chalardan biri ikki haftaga yopiladi

16.09.2020, 22:17

 Toshkentdagi ko`chalardan biri ikki haftaga yopiladi.Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati habar bermoqdaYo`l ta`mirlash ishlari sababli 2020 yilning 17 sentyabridan 1 oktyabr kunigacha Toshkent viloyati Sergeli...