Му5
48

Ozarboyjonda o`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tmoqda

Madaniyat 20.11.2019, 02:22
Теглар: o`zbek kinosi kunlari, Ozarboyjon
374
Ozarboyjonda o`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tmoqda

"O`zbek kinosi kunlari" haftaligining ochilish marosimi Ozarboyjonning Nizomiy nomidagi kino markazida bo`lib o`tdi. Unda  Ozarboyjon madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Vagif Aliev, O`zbekistonning Ozarboyjondagi elchisi Sherzod Fayziev, “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktorining o`rinbosari Shuhrat Rizaev hamda madaniyat va san`at namoyondalari va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.

Ochilishda so`zga chiqqan Vagif Aliev ushbu kino haftaligi ikki xalq madaniyatlarini bir-biriga tanitish va rivojlanishida katta rol o`ynashini aytib o`tdi. Shuningdek, u "Madaniyatning muhim qismi bo`lgan kinoning rivojlanishida juda muhimdir, chunki har ikki mamlakat so`nggi yillarda kino sohasida katta ishlarni amalga oshirdi. Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliev  Ozarboyjon kino konsepsiyasini yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berdi va ushbu sohani rivojlantirishga g`amxo`rlik qilmoqda. 

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham kino sanoatini rivojlantirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Shu sababli bunday tadbirlarning o`tkazilishi ikkala mamlakatda ham kinoning rivojlanishiga yordam beradi deb o`ylayman.  Va bu munosabatlar davom etishiga ishonaman. O`zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Sherzod Fayziev kino haftalik doirasida 6 ta badiiy, 4 ta hujjatli va 1 ta animasion film namoyish etilishini bildirdi. 

“Ushbu filmlar turli janrlarni qamrab olsa ham, ularda sevgi, yurtga bo`lgan muhabbat va vatanparvarlik kabi mavzular yoritilgan. Bu tadbir nafaqat kinolar namoyishi, balki madaniyatlar almashinuvdir. Hozirgi kunda O`zbekistonda katta o`zgarishlar ro`y bermoqda. Islohotlar kino sanoatini ham qamrab olyapti. O`zbekistonda yiliga 80 ga yaqin film suratga olinishi rejalashtirilgan. Yanada aniqroq aytsak, 20 ta badiiy, 40 dan oshiq hujjatli va 10 ta animasion filmlar ishlab chiqarish nazarda tutilgan. Berilayotgan e`tibor va imkoniyatlar sabab, bugun filmlarimiz sifati, mazmuni yaxshilanib boryapti, ular chet ellarda turli mukofotlarga sazovor bo`lishmoqda. Ushbu haftalik Ozarboyjon va O`zbekiston madaniy aloqalarining yanada rivojlanishiga hissa qo`shishiga ishonaman”, – deya ta`kidladi Sherzod Fayziev

Shundan so`ng sahnaga o`zbek kinoijodkorlari taklif qilindi. Bunday tadbirlar ikki mamlakat o`rtasidagi ko`p asrlik madaniy aloqalarni rivojlantirishga sezilarli ta`sir ko`rsatishi ta`kidlandi. Shundan keyin haftalikning ilk filmi "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" badiiy filmi ozarboyjonlik tomoshabinlarga namoyish etildi.

Шарҳлар