Му5
4

II O`zbek-Belarus yoshlar IT forumida qanday mavzular ko`tariladi?

Jamiyat 20.11.2019, 16:27
Теглар: Foto
1294
II O`zbek-Belarus yoshlar IT forumida qanday mavzular ko`tariladi?

2018 yilning 15 dekabr kun Belorussiya Respublika yoshlar ittifoqi (BRYoI) va O`zbekiston yoshlar ittifoqi o`rtasida hamkorlik to`g`risida mumorandum imzolangandi. Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – Belarus va O`zbekiston yoshlari o`rtasida o`zaro aloqalarni o`rnatish va rivojlantirish.

2019 yilning 5-9 avgust kunlari esa Belorussiyaning Minsk shahrida  «I Belarus-O`zbekiston IT forumi» bo`lib o`tdi. Unda BRYoI va O`zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari axborot-kommunikasiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha yo`l xaritasi imzoladilar.

Ikki mamlakatning yoshlar tashkilotlari o`rtasidagi hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Bosh vazirlari tomonidan 2018 yilning 2 noyabr kuni tasdiqlangan rejani amalga oshirish maqsadida 2019 yilning 18-23 noyabr kunlari O`zbekistonda «II O`zbek-Belarus yoshlar IT forumi»ni o`tkazish rejalashtirildi.

Forum oltita sessiyani o`z ichiga oladi, ular “Axborot texnologiyalari, mobil aloqa xizmatlari va robototexnika”, “Yoshlar siyosati: amalga oshirish va takomillashtirish mexanizmlari”, “Yoshlar tadbirkorligi. Talabalar guruhlarini tashkil etish xususiyatlari”, “Axborot texnologiyalari”, “Ko`ngillilar harakati. Yoshlarning ijtimoiy loyihalari”, “Mintaqaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik. Yoshlar turizmi” mavzularida munozaralar olib boriladi. 

Forumda yurtimizning etakchi biznesmenlari o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishadi. Jumladan, My Taxi, Express24, Maxtrack va Workly asoschisi Akmal Payziev, Cambridge o`quv markazi tarmoqlarining asoschisi Jahongir Po`latov, Africa SMM agentligi direktori Akmal Raimov, «Digital Generation Uzbekistan» MChJ direktori Azamat Jalolov, shuningdek, BRYoIning birinchi kotibi Dmitriy Sergeevich Voronyuk, Belorussiya delegasiyasi a`zolari shular jumlasidandir.

Forum yoshlar o`rtasida IT sohasida tajriba almashishda xalqaro maydon yaratish uchun imkoniyat bo`lib, ikki mamlakatning 100 dan ortiq yoshlarini o`ziga qamrab olishi ko`zda tutilgan. Kecha, 19 noyabr kuni o`z ishini boshlagan ushbu forumda O`zbekiston va Belarus yoshlar ittifoqi tashkilotlari rahbariyati vakillari, IT va innovasiya sohasi ekspertlari ishtirok etishdi.

Шарҳлар

Xorazmda “Shamol generatori” ishlab chiqariladi

22.01.2020, 18:06

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tarixan juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimdan quyosh va shamol energetikasidan ma`lum darajada insoniyat o`z yashash turmush tarzida foydalanib kelgan. Masalan...
Qoraqalpog`iston Respublikasida Vatan himoyachilari kuni bayramining yorqin lahzalari (Fotoreportaj)

14.01.2020, 20:17

Bugun, 14 yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirda...
Nukusdagi festivalda harbiylarning chiqishlari, yoshlar bilan quvnoq bahslar, qurol va harbiy texnikalar ko`rgazmasi va boshqalar namoyish etildi (Foto)

14.01.2020, 18:07

Vatanparvarlik oyligi doirasida barcha hududlarda bo`lgani kabi Qoraqalpog`iston Respublikasida ham vatanparvarlik festivallari orqali Vatan himoyachilari kuni ayyomi umumxalq bayrami sifatida xalqimiz bilan birga o`tkazilyapti.Nukus shahri...
Avtraliya tabiiy ofat iskanjasida (Foto)

07.01.2020, 12:29

2019 yilning oktyabr oylarida havo haroratining isib ketishi oqibatida Avstraliyaning sharqiy hududlarida boshlangan o`rmon yong`inlari hozirda Yangi janubiy Uels va Viktoriya shtatlarining janubiy-sharqiy qism hududlarigacha...