my5

Afg`onistonga O`zbekistondan gumanitar yordam etkazildi (foto)

Jamiyat 20.11.2019, 22:21
Теглар: O`zbekiston, O`zbekiston temir yo`llari, Afg`oniston
904
Afg`onistonga O`zbekistondan gumanitar yordam etkazildi (foto)

Kuni kecha «Tinchlik uchun» Respublika xayriya aksiyasi doirasida yig`ilgan gumanitar yordamni Afg`oniston Islom Respublikasining Mozori-Sharif shahriga etkazib berishda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliy yordam ko`rsatildi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Ma`lumki, mazkur xayriya aksiyasi O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi tomonidan Afg`oniston Islom Respublikasida yashovchi yoshlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 sentyabridan 1 oktyabriga qadar bo`lgan muddatda amalga oshirildi.

Undan kelib tushgan barcha mablag`lar yoshlar uchun zarur bo`lgan kitob (badiiy adabiyot), o`quv-qurollar, kiyim-kechak va sport anjomlarini xarid qilish uchun sarflanadi. 

Bularning barchasi Afg`onistondagi ota-ona qaramog`isiz qolgan, og`ir sharoitlarda yashayotgan etnik o`zbeklar va afg`on yoshlarining muammolariga keng jamoatchilik e`tiborini qaratish hamda ularni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan bo`lib, «O`zbekiston temir yo`llari» AJ tomonidan qo`shni davlatga poezd va yuk mashinalarida etkazib berildi.

Шарҳлар

Rossiyadan O`zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun navbatdagi avtobuslar yo`lga chiqdi

26.09.2020, 19:41

O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan Rossiya Federasiyasining Qozog`iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to`planib qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish maqsadida joriy yilning 23 sentyabr kuni...
16 sentyabr. Bugun 597 kishida kasallik aniqlandi, 6 kishi vafot etdi

16.09.2020, 23:50

Shu yilning 16 sentyabr kuni O`zbekistonda 597 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent...
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar 49 mingdan oshdi

16.09.2020, 23:40

2020 yil 16 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 162 (+147) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati...
15 sentyabr. O`zbekistonda 570 kishi koronavirusga chalindi

15.09.2020, 23:55

Shu yilning 15 sentyabr kuni O`zbekistonda 570 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga...