my5

Tadbirkorlar uchun o`rnatilgan bir qator talablar bekor bo`ldi

Jamiyat 21.11.2019, 13:00
Теглар: Qaror, tadbirkor
877
Tadbirkorlar uchun o`rnatilgan bir qator talablar bekor bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Unga ko`ra:

2020 yil 1 fevraldan boshlab

eksport-import operasiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi. Bunda vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga integrasiya qilinadi;

fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o`tkazish uchun undiriladigan to`lovlar miqdori vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan xarajatlari doirasida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilanadi;

yuridik shaxslar tomonidan da`vo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda iqtisodiy sudga soliq to`lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratiladi;

2020 yil 1 oktyabrdan boshlab quvvati 140 kilovattgacha bo`lgan elektr uskunalarini elektr tarmoqlariga ulash jarayonida sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlik sub`ektining xohishiga ko`ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan so`rovnomasiga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur mablag`lar tadbirkorlik sub`ektlari foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qo`shiladigan ustamalar hisobidan bir yil davomida undirib olinadi.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi talablar bekor qilinadi:

tadbirkorlik sub`ektlari – yuridik shaxslar o`rtasidagi ko`chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini taraflardan birining talabi bo`yicha notarial tasdiqlanganda kommunal xizmatlar bo`yicha qarzdorliklarni tekshirib olish;

davlat soliq xizmati organlariga soliq to`lovchilar tomonidan ko`chmas mulkka bo`lgan huquq davlat ro`yxatidan o`tkazilgandan so`ng arizani hamda ko`chmas mulkka bo`lgan huquqni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organlar tomonidan tegishli hududda joylashgan er uchastkasi va boshqa ko`chmas mulk, uning mulkdorlari to`g`risidagi ma`lumotni bevosita qog`oz ko`rinishda taqdim etish;

meva-sabzavot va to`qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub`ektlaridan to`lov undirish.

Шарҳлар

Xokim qaroriga o`zgartirish kiritildi. Endi navoiyliklar uyiga mehmon kelsa, bir kun uchun 3 ming so`m to`laydi

18.12.2019, 10:26

Navoiy shahri hokimining yangi qaroriga asosan oilaviy yotoqxonalarda yashovchilar uyiga mehmon olib kelsa, mehmon uchun ham alohida pul to`lashi joriy etilgani xabar qilingan edi. Ushbu...
Endilikda 28 turdagi talab qilish taqiqlangan ma`lumotnomalar qaysilar? (ro`yxat)

11.12.2019, 15:35

Avvalroq, “Byurokratik to`siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabulingani haqida xabar bergan edik.Unga ko`ra,...
Toshkentda tadbirkor o`zi o`qigan maktabni 7 mlrd. so`m ajratib qayta ta`mirladi. Bunaqa maktab hali bo`lmagan (foto)

11.12.2019, 12:06

Toshkent shahar Uchtepa tumani 81-sonli maktab tadbirkor Isroil Yunusov hisobidan to`liq ta`mirdan chiqarildi. Bu haqda maktab rahbari Ziyoda Haydarova ma`lum qildi.Uning so`zlariga ko`ra, sahovatpesha tadbirkor...
Farg`onada tadbirkor o`z hisobidan 1,2 mlrd. sarflab yangi o`quv binosi qurib berdi

11.12.2019, 10:34

Tadbirkor Saidmahmud Sultonov o`z mablag`lari hisobidan 1 milliard 200 million so`m ajratib, Buvayda tumanidagi 45-umumta`lim maktab hududiga qo`shimcha 120 o`ringa ega bo`lgan zamonaviy o`quv binosi...