AsosiyHi-tech

Pavel Durov Telegram nega ishlamay qolganiga izoh berdi

'Pavel Durov Telegram nega ishlamay qolganiga izoh berdi'ning rasmi

Telegram asoschisi Pavel Durov 22 noyabr, juma kuni messenjer faoliyatida kuzatilgan muammolar tufayli foydalanuvchilaridan uzr so`radi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«Juma kuni Grinvich vaqti bilan soat 13:00 dan 14:00 ga qadar onlayn bo`lgan foydalanuvchilarning 15 foizi Telegram’ga ulanishda muammoga duch kelgan. Muammo asosan Germaniya, Iroq, O`zbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozog`iston av Belarus hududlaridagi foydalanuvchilarda kuzatilgan. Ushbu bir soat vaqt oralig`ida o`z egasiga etib bormagan har bir xabar uchun uzrimizni bildiramiz», - deb yozgan Durov o`z telegram kanalida.

Durov Telegram foydalanuvchilarining soni yildan yilga 50 foiz tezlik bilan ortib borayotganini ham qayd etdi.

«O`sishning bunday tezkor sur`ati ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda. Platformamizni maksimal darajada himoyalangan bo`lishini istaymiz. Garchi, messenjening barchaga birdek ekanini buzishga urinishlar bo`layotgan (iyun oyida Xitoydan turib DDoS-hujumi uyushtirilganini nazarda tutgan) bo`lsa ham, Telegram bu kabi muammolarga doim munosib qarshilik ko`rsatmoqda», - deyiladi xabarda.

So`nggi bor Telegram ishidagi bunday to`xtashlar 2019 yil iyun oyida kuzatilgandi. O`shanda messenjer DDoS-hujumiga uchragandi. Telegram’dan foydalanishdagi muammo Braziliya, AQSh va Evropadagi mijozlarga xizmat ko`rsatishda ham yuzaga kelgan. Durov messenjerdagi ushbu kamchiliklarni Gonkongdagi norozilik namoyishlariga aloqadorligini bildirgan. Uning so`zlariga ko`ra messenjerga Xitoyda ro`yxatdan o`tkazilgan IP-manzillar orqali hujum uyushtirilmoqda.

Boshqa yangiliklar