my5

Qo`qonda o`zboshimchalik bilan avtoturargoh qilib olgan rahbarga nisbatan surishtiruv ishlari boshlandi

Jamiyat 25.11.2019, 11:15
Теглар: Qo`qon, avtoturargoh
742
Qo`qonda o`zboshimchalik bilan avtoturargoh qilib olgan rahbarga nisbatan surishtiruv ishlari boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qo`qon shahridagi avtomobillar turargohida sodir bo`lgan voqea bo`yicha Qo`qon shahar hokimligi rasmiy bayonot berdi.

Unga ko`ra, Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining bergan ma`lumotiga ko`ra holat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari natijasida Qo`qon shahar, Farobiy ko`chasida joylashgan “Qo`qon savdo kompleksi” MChJ yonidagi joydan “Ulug`bek Mega Trans” MChJ rahbari hech qanday hujjatlarsiz, yo`nalishsiz taksi avtomashinalari uchun ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan turargoh sifatida foydalanib kelgani aniqlandi. 

Yo`lovchilarni haqorat qilgan fuqaroga Qo`qon shahar Ma`muriy sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183- moddasiga asosan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Fuqaroning ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan turargoh sifatida joydan foydalanganligi bo`yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qo`qon shahar bo`limi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Шарҳлар

DXX Qo`qonda «Tramadol» sotmoqchi bo`lgan shaxslar qo`lga olindi

16.12.2019, 11:09

DXX Farg`ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Dang`ara tumanidagi «Chag`ali» YPX maskanida «Toshkent-Qo`qon» yo`nalishida harakatlanib kelayotgan, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi «Q.I.»...
Qo`qonda tog`a o`z jiyanini pichoqladi

03.12.2019, 14:15

Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida ko`ngilsiz hodisa ro`y berdi. Achinarlisi, voqea ishtirokchilari bir-biriga begona emas: biri tog`a, ikkinchisi uning jiyani.Shaharning Chankatlik ko`chasi 43-uyda yashovchi B. N....