my5

BADA qo`mitasi Rossiyani to`rt yilga chetlatishni tavsiya qildi

Dunyo 26.11.2019, 13:21
897
BADA qo`mitasi Rossiyani to`rt yilga chetlatishni tavsiya qildi

Butunjahon antidoping agentligining (BADA) muvofiqlik bo`yicha qo`mitasi ushbu tashkilotning ijroiya qo`mitasiga Rossiyani to`rt yil davomida xalqaro musobaqalarda qatnashishdan chetlatishni tavsiya qildi. Bu haqda tarjumon.uz  VVSning rus xizmatining xabariga tayanim ma`lum qilmoqda. 

Taqiqlash taklifi Britaniya advokati Jonatan Teylor boshchiligidagi BADA qo`mitasi tomonidan tayyorlangan hisobotga kiritilgan.

BADA o`z veb-saytida xabar berishicha, ushbu tashkilotning mustaqil muvofiqlik qo`mitasi RUSADA Butunjahon antidoping kodeksining talablariga javob bermaydi, degan xulosaga kelgan.

Shanba kuni xabar qilinganidek, BADA Ijroiya qo`mitasi, o`z qo`mitasidan hisobot olgan va unga ko`ra kelgusidagi o`rganishlar RUSADAning antidoping kodeksiga muvofiqligi bo`yicha qo`shimcha tekshiruv o`tkazishni talab qiladi.

Dushanba kuni Butunjahon antidoping agentligi, haqiqatan ham qo`mitaning tavsiyalari protokolga muvofiq tashkilotning ijroiya qo`mitasiga yuborilganligini tasdiqladi. O`sha paytni o`zinda BADA hech qanday izoh bermagan edi.

Biroq, ushbu hujjatning bir qismi ommaviy axborot vositalari qo`liga tushib qolganligi sababli BADA o`z qo`mitasining tavsiyalarini to`liq nashr etadi.

BADA qo`mitasi tavsiyalari

Rossiya hukumati amaldorlari/vakillari 4 yil davomida kengash a`zolari bo`lishi va tayinlanishi mumkin emas hamda Butunjahon antidoping kodeksini imzolagan kengashlar, qo`mitalar va boshqa organlarning a`zosi bo`la olmaydi.

Rossiya hukumati amaldorlari/vakillari 4 yil davomida quyidagi musobaqalarda qatnasha olmaydilar:

(a) o`smirlar Olimpiya o`yinlarida (yozgi va qishki);

(b) Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarida (yozgi va qishki);

(c) yirik federasiya tomonidan tashkillashtirilgan har qanday boshqa musobaqalarda;

(d) Kodeksga imzo chekkan sanksiya qo`yilgan tomonlar tashkil etgan har qanday jahon chempionatlarida.

4 yil davomida Rossiya har qanday yirik sport musobaqalarini qabul qilishga, shuningdek ularga ariza berishga haqli emas.

Rossiya musobaqalarni to`rt yillik davrda yoki undan keyin o`tkazilishidan qat`i nazar, 2032 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarini o`tkazish huquqini talab qila olmaydi.

4 yil davomida yirik xalqaro musobaqalarda Rossiya bayrog`i ko`tarilmaydi.

4 yil davomida na prezident, na bosh kotib, na bosh direktor, na Rossiya Olimpiya qo`mitasi yoki Rossiya Paralimpiya qo`mitasi boshqaruvi/kengashi a`zosi rasman yirik musobaqalarda qatnasha olmaydi.

Faqatgina doping qoidalarini buzilishi bilan bog`liq bo`lmaganligi isbotlangan rossiyalik sportchilar yirik musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin. Biroq, ular Rossiya Federasiyasining vakili sifatida qatnasha olmaydi.

Antidoping agentligi ijroiya qo`mitasi ushbu tavsiyani 9 dekabr kuni ko`rib chiqadi. New York Times nashriga ko`ra, BADA o`z qo`mitasining tavsiyasini qabul qilishi kutilmoqda.

BADA-ning qarori Lozannadagi (Shveysariya) Sport bo`yicha arbitraj sudida shikoyat qilinishi mumkin.

Qo`mitaning tavsiyalari, Moskva antidoping laboratoriyasidagi aniqlangan ma`lumotlar manipulyasiyasini tekshiruv xulosalariga asoslanadi.

Dushanba kuni Rossiya Olimpiya qo`mitasining ishchi guruhining yig`ilishi bo`lib o`tdi, shundan so`ng ROK Rossiya engil atletika federasiyasining barcha rahbariyatining vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilishni talab qildi.

«Agar tavsiyanoma inobatga olinmasa, biz, o`z navbatida, Ijroiya qo`mitaning navbatdagi yig`ilishida VFLAning Rossiya Olimpiya qo`mitasiga a`zoligi masalasini ko`rib chiqamiz», dedi ROQ prezidenti Stanislav Pozdnyakov.

«Biz ushbu sport turiga ega bo`lgan toza sportchilar Tokioda chiqishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz. Ular VFLA rasmiylariga qarshi ayblovlarga umuman aloqasi yo`q, ularning Olimpiya medallari uchun kurashish huquqi hurmat qilinishi kerak», dedi Pozdnyakov.

Avvalroq, RUSADA rahbari Yuriy Ganus BBC rus xizmatiga bergan intervyusida Rossiya sportidagi bu voqealarni fojia deb atagan va amaldorlarning xatti-harakatlari – sportchilarni masxara qilishday ko`rilib, uning so`zlariga ko`ra sportchilarning ko`pchiligi Rossiya yurisdiksiyasidan chiqib ketishni rejalashtirgan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov juma kuni jurnalistlarga Rossiya engil atletika federasiyasi atrofidagi vaziyat va rossiyalik sportchilarning Tokio Olimpiadasidagi ishtiroki o`rtasida hech qanday bog`liqlik ko`rmayotgani xaqida aytdi.

Шарҳлар