my5

Va nihoyat Bosh prokuratura Jahongir Artiqxo`jaev va “kun.uz” tafsilotlarini to`liq ochiqladi va masalaga nuqta qo`ydi

Jamiyat 27.11.2019, 10:48
Теглар: Bosh prokuratura, Artiqxo`jaev, kun.uz
1189
Va nihoyat Bosh prokuratura Jahongir Artiqxo`jaev va “kun.uz” tafsilotlarini to`liq ochiqladi va masalaga nuqta qo`ydi

Xabaringiz bor, bir muddat avval internet tarmog`ida  J.Artikxodjaevning jurnalistlarga tahdid qilgani aks etgan audioyozuv tarqalgan edi.

Unga nisbatan bir qancha davlat va jamoat tashkilotlari munosabat ham bildirgan.

Bugun va nihoyat Bosh prokuratura ushbu holatga oydinlik kiritdi va masalaga nuqta qo`ydi.

Keltirilishicha, joriy yilning 16 noyabr kuni Internet nashrlarida Toshkent shahar hokimi, senator J.Artikxodjaevga tegishli haqorat, tahdid mazmunidagi audioyozuv tarqaldi. 

Mazkur holat ommaviy axborot vositalari, blogerlar, siyosiy partiyalar, eng achinarlisi, ayrim xorijiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlarning keskin tanqidiy muhokamalariga sabab bo`ldi.

Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatga huquqiy baho berish maqsadida JPKning 329-moddasiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14 avgust kuni “Kun.uz” tahririyatiga “Xiva stroy” MChJ rahbarining bajarilgan qurilish ishlari uchun buyurtmachidan pul undirishga oid  murojaatini o`rganish maqsadida mazkur tahririyat muxbiri R.Isroilov va operatori Sh.Egamberdievlar Olmazor tuman hokimligiga borishgan.

Tuman hokimi o`rinbosari A.Vaxabov davlat xizmatchisi bo`la turib, tegishli odob-axloq qoidalariga zid ravishda R.Isroilovga tushuntirish berishdan bosh tortgan, ular bilan qo`pol munosabatda bo`lgan hamda operatorning videotasvirga olishiga qarshilik ko`rsatgan.

Mazkur voqeaning ertasiga “Kun.uz” tahririyati ushbu videolavhani o`z saytida e`lon qilgan va bu keng muhokamalarga sabab bo`lgan.

Shu kuni kechqurun Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjaevning vaziyatni yumshatish va murosaga kelish to`g`risidagi topshirig`iga asosan shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari L.Sabirova, tuman hokimi o`rinbosari A.Vaxabovlar tahririyat vakillari B.Axmedov, R.Isroilov va Sh.Egamberdievlar bilan shahar hokimligi binosida uchrashishgan.

Unda A.Vaxabov nojo`ya harakatlarga yo`l qo`yganligini tan olgan va tahririyat xodimlaridan uzr so`ragan. Biroq, bu holat tahririyat xodimlarini qoniqtirmagan.

Uchrashuv yakun topgach, muloqot ishtirokchilari binoning  yo`lagida J.Artikxodjaevga tasodifan duch kelishadi. L.Sabirova J.Artikxodjaevga bo`lib o`tgan suhbat haqida ma`lumot berib, “Kun.uz” xodimlari A.Vaxabovning uzridan qanoatlanmaganligini bayon qilgan.

Shunda J.Artikxodjaev ular bilan muloqotda muomala madaniyatidan chetga chiqqan holda, internet nashrlariga nisbatan o`zining salbiy munosabatini ifodalab, go`yoki ularni sharmandali vaziyatlarga tushirish imkoniyatiga egaligini, lekin u bunday tarbiyalanmaganligi va buni xohlamasligini bildirgan.

Ushbu jarayonni “Kun.uz” muxbiri B.Axmedov “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida”gi Qonun talablariga zid ravishda, uchrashuv ishtirokchilarini ogohlantirmasdan telefoniga xufyona yozib olgan va tahririyatga taqdim etgan.

O`z navbatida, tahririyat tomonidan noqonuniy yo`l bilan olingan axborot yo`q qilinmagan. Oqibatda 2019 yil 16 noyabrda hokim J.Artikxodjaevni obro`sizlantirish maqsadida audioyozuvning nojo`ya so`zlardan iborat bir yarim daqiqalik qismi (uchrashuv ikki soat davom etgan) montaj qilinib, noma`lum shaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. 

Bu holat o`z navbatida ommaviy axborot vositalarida keng muhokama bo`lishiga sabab bo`lgan.

“Kun.uz” tahririyati o`z aybini anglagan holda, haqiqiy holatni ma`lum qilish uchun audioyozuvning J.Artikxodjaevga tegishli qismini to`liq e`lon qilgan.

Tergovoldi tekshiruvida aniqlanishicha, J.Artikxodjaev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo`la turib, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan, haqoratli va qo`pol so`zlarni ishlatgan. 

Biroq, uning nojo`ya so`zlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan shaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yo`qligi bois, J.Artikxodjaevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas.

Shu sababli JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, “Kun.uz” tahririyati xodimlari J.Artikxodjaevga nisbatan da`vo yoki e`tirozlari yo`qligini bayon qilishdi. 

Lekin J.Artikxodjaev Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari”ni buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini ko`rib chiqish uchun Hukumatga murojaat qilindi.

Шарҳлар

15-sentyabr: Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish imtixoni bo`lib o`tdi

15.09.2020, 21:55

Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega bo`lgan nomzodlarga chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.Kirish imtihonini xolis, ochiq va shaffof o`tkazilishini ta`minlash maqsadida Akademiya...
Yangiyo`lda qishloq xo`jaligi bo`limi rahbarining kirdikorlari fosh etildi

20.02.2020, 18:27

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i Z.Y.ning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura...
Bosh prokuratura Saidovning “Facebook”da e`lon qilgan xabari yuzasidan bayonot berdi

16.12.2019, 12:08

“Facebook” ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Dilmurod Saidov sahifasi orqali o`zi bilan bog`liq sud qarorlaridan norozi bo`lib bir nechta “post” e`lon qilgan.Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha,...
Bosh prokuratura jinoyat ishi ochilgan xususiy bandlik agentligi ishi bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

11.12.2019, 19:08

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “HUMAN xususiy bandlik Agentligi” MChJ rahbari Sh.Fayzullaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo`zg`atilgan...