25-noyabr dushanba kuni yuzlab odamlar Qirg`iziston hukumati binosi oldida namoyish o`tkazdilar. Sobiq yuqori martabali mulozimlar 700 million dollarga yaqin pulni noqonuniy ravishda o`zlashtirganligi haqidagi xabarlardan so`ng aholi OAVda tekshiruv o`tkazilishini talab qilmoqda. Ba`zi namoyishchilar «Pulimizni qaytaring» va «Qirg`iziston qashshoqlashgani yo`q, Qirg`izistonni talashmoqda» deb yozilgan plakatlarni ko`rsatishgan.
Shu oyda e`lon qilingan bir nechta mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarining tergov hisobotida aytilishicha, uyushgan guruh bir necha yillardan beri Xitoy tovarlarini Qirg`izistonga noqonuniy ravishda olib kirgan va keyin o`z daromadlarini mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketgan. Qirg`iziston hukumati bu ayblovlar tekshirilayotganini ma`lum qildi.
Moskvaning yaqin ittifoqchisi bo`lgan va Rossiya harbiy aviabazasi joylashgan Qirg`iziston Markaziy Osiyodagi siyosiy jihatdan eng notinch mamlakat bo`lib, bu mamlakatda 2005 va 2010-yillarda ikki qirg`iz prezidentini hukumatdan ag`darib tashlagan isyonlar bo`lib o`tgan.