AsosiyDunyo

AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ymoqchi bo`lgan Blumberg Trampdan 20 baravar boy

'AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ymoqchi bo`lgan Blumberg Trampdan 20 baravar boy'ning rasmi

U Trampdan 20 baravar boy – va prezidentdan norozi bo`lganlarning barchasini ovozlarini jalb qilmoqchi

Nyu-Yorkning sobiq meri, milliarder Maykl Blumberg 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishini va Demokratlar partiyasidan nomzod sifatida kurashishini e`lon qildi. Blumberg o`z kampaniyasini nafaqat demokratlar iborat qilib, balki norozilik kayfiyatida bo`lgan respublikachilar partiyasi lageridan ham Donald Trampga qarshi birlashishtirishga urinmoqda va shu asosida qurmoqchi. Biroq dastavval, Blumberg praymeriz natijalariga ko`ra nomzod bo`lishga erishishi kerak va hozircha uning reytingi hali past ko`rsatkichlarda.

Maykl Blumberg AQShdagi eng boy odamlardan biri. U Donald Trampdan boyroq

Maykl Blumberg 1942 yilda Bostonning chekka bir joyida tug`ilgan. Uning ota-bobolari ikkala urug`i tarafidan ham AQShga Rossiya imperiyasi hududidan hijrat qilgan yahudiylar hisoblanishadi. Bo`lajak milliarder o`z karerasini investisiya bankida boshlagan va keyinchalik birja o`yinchilariga zarur bo`lgan eng tezkor yangiliklar bilan ta`minlash bilan shug`ullanadigan o`z kompaniyasini tashkil qilgan.

Bugungi kunda Blumbergni nomidagi axborot agentligi dunyodagi eng mashhurlardan biri sanaladi. Shu jumladan, u yuqori darajadagi insayderlik xabarlari bilan ham tanilgan. Xususan, Bloomberg jurnalistlari Vladimir Putin o`rnini saqlab qolish uchun Kreml, Rossiya va Belorusiyani birlashtirish imkoniyatini ko`rib chiqayotgani hamda qirolicha Elizaveta II o`z hokimiyatidan foydalanib Brekzitni susaytirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Tadbirkor prezidentlikka da`vogarligini e`lon qilganidan so`ng, Bloomberg xodimlari na uni, na Demokratik partiyadagi raqiblariga nisbatan turli jurnalistik surishturuvlar olib bormasligi xaqida xabar berishdi.

Blumbergning boyligi 58 milliard dollardan oshadi, u Amerikaning eng boy odamlari ro`yxatida to`qqizinchi, dunyoda esa 14-o`rinni egallaydi. Taqqoslash uchun: Donald Trampning boyligi, Forbes jurnaliga ko`ra, salkam uch milliard dollardan oshadi; u dunyoda 715-qatorni egallaydi.

Blumberg uch marta Nyu-York meri etib saylangan. U merning uchinchi muddatga saylanishini taqiqlovchi qonunning bekor qilinishiga erishgan

Ko`p yillar davomida Blumberg Demokratik partiyaning a`zosi bo`lgan, ammo 2001 yilda u respublikachilar partiyasidan Nyu-York meri lavozimiga nomzodini ilgari surgan. Qizig`i shundaki, uning partiyadagi boshlang`ich raqibi ham sobiq demokrat – sobiq kongressmen German Badilo bo`lgan. Dastlabki ovoz berish 11 sentyabr kuni ertalab boshlanib, Jahon Savdo Markaziga qilingan terakt tufayli to`xtatilgan edi. Natijada Blumberg praymerizda g`alabani va keyinchalik yakuniy ovozlarni ham qo`lga kiritdi.

Blumberg Nyu-York meri sifatida bajarishi kerak bo`lgan dastlabki ish egizak minoralar vayron bo`lganidan keyin shaharning normal hayotini tiklash edi. Blumbergning 2020 yildagi shiori – «Amerikani tiklash» bo`lib, aynan shu davrga uning faoliyatini yo`naltirmoqda. Blumbergning yana bir ustuvor vazifasi shahar maorifini isloh qilish bo`lib, unda maktablar o`quvchilarining natijalari o`tgan yilga nisbatan yaxshilangan taqdirdagina byudjet mablag`larini olishgan (tanqidchilarning ta`kidlashicha, o`quvchilari shundoq ham yuqori bal olib yurgan eng yaxshi maktablar byudjet mablag`laridan mosuvo bo`lib qolshigan).

Blumberg maoshdan bosh tortdi va boshqaruv amaliyotini esa korporativ usuliga yaqinlashtirish uchun harakat qildi. U shaharda bir jinsli nikohni qonuniylashtirish, muhojirlarga nisbatan qoidalarni engillashtirish va qurol-yaroq olib yurish ustidan nazoratni kuchaytirish masalasida faol ishtirok etdi. Uni qo`llab-quvvatlash 70% ga etdi va 2005 yilda u ikkinchi marotaba qayta saylanib, 20% yuqori ko`rsatkich bilan respublikachi -mer uchun lavozimi bo`yicha rekord o`rnatdi.

Blumbergning g`alabasi tufayli Nyu-York shahrini tarixda birinchi marta ikkita respublikachi mer ketma-ket ravishda boshqargan. 2004 yilda ro`yxatga olingan saylovchilarning 68 foizi demokratlarga tegishli bo`lgan shaharda hatto Respublika partiyasining qurultoyi bo`lib o`tdi (u ommaviy namoyishlar bilan birga sodir bo`lgan edi).

Ammo 2008 yilda, Blumberg uchinchi marta nomzod bo`lishga qaror qilganida, endi u mustaqil nomzod sifatida ko`rsatilgan edi. U qayta saylanish cheklovini olib tashlaganidan keyin, uchinchi muddatga o`tishga muvaffaq bo`ldi: Blumberg buni global moliyaviy inqiroz davrida shahar o`zi kabi rahbarga muhtoj deya motivasiya qilgan edi.

Istisnosiz, Blumberg har ikki partiya saylovchilarining qo`llab-quvvatlashiga erishish uchun Respublikachilar partiyasidan chiqishga ehtiyoj sezgan. Shahar hokimi uchinchi kampaniyaga rekord darajada 102 million dollar sarfladi va g`alaba qozondi, ammo bu natijaga ko`ra to`rt yil oldingisiga nisbatan sakkiz foiz kam ovoz berilgan edi.

O`shanda ko`pchilik Blumbergning qashshoqlikka qarshi kurash bo`yicha harakatlari unchalik samara bermagandi deb hisoblashgan. Kampaniya davomida unga «To`xtating va tinting» amaliyotini faol qo`llab-quvvatlangani xaqida eslatildi, bunga ko`ra polisiya hech qanday sababsiz yo`lovchilarni to`xtatib, ularni so`roqqa tutish va giyohvand, qurol yoki boshqa taqiqlangan narsalarni qidirishi mumkin edi. Faqatgina 2011 yilning o`zida 684 ming kishi bunday tintuvlarga duch kelgan edi, ularning 90 foizdan ortig`i afro-amerikaliklar yoki ispan millatiga mansub odamlar bo`lgan edi.

Oqibatda Blumberg bu amaliyot qotilliklar sonini kamaytirishga yordam berishin ta`kidlagan edi, ammo bu borada hech qanday bog`liqlik yo`qligini isbotlovchi tadqiqotlar allaqachon mavjud edi. Bundan tashqari, sobiq hokimning so`zlariga ko`ra, polisiyachilar oq tanlilarni ham tez-tez to`xtatib turishgan. 2013 yilda AQSh Oliy sudi «To`xtating va tinting» amaliyotini keyinchalik konstitusiyaga zid degan qaror chiqardi. O`sha yili Blumbergning o`zi keyingi mer saylovlarida qatnashishdan bosh tortdi. 2019 yil noyabr oyi boshida, prezidentlik poygasiga qo`shilishdan oldin, u ushbu amaliyotni qo`llab-quvvatlagani uchun uzr so`radi.

Blumberg Trampning prezidentligidan norozi bo`lganlarning ovozlarini egallab olishga umid qilmoqda – xuddi Demokratik partiyada bo`lgani kabi, Respublikachilardan ham

Blumberg 2008, 2012 va 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida ehtimoliy nomzod sifatida ko`rib chiqilgan, ammo har safar u poygada qatnashishdan bosh tortib kelgan. So`nggi saylov oldidan Blumberg Demokratik partiya lageriga Donald Trampga qarshi kurashda Hillari Klintonni qo`llab-quvvatlash uchun qaytib kelgan edi.

Shubhasiz, bu safar ham to`lqin ko`tarilmay qolmadi. Blumberg 2020 yilgi saylovlarda qatnashish to`g`risida qarorni juda kech qabul qildi – masalan, saylov kampaniyasining favoritlaridan biri bo`lgan Elizabet Uorren tomonidan amalga oshirilganidan bir yil o`tgach qabul qildi. Uning nomzodi ko`rsatilgan paytda beshta saylovoldi bahslari bo`lib o`tdi. Blumberg, shubhasiz, qolgan turlarda ham ishtirok etmaydi, chunki qoidalarga ko`ra, buning uchun ba`zi tashqi moliyalashtirishni yig`ish kerak, va tadbirkor kampaniyaga faqat o`z mablag`larini sarflamoqchi.

Bundan tashqari, Politico ma`lumotlariga ko`ra, Blumberg dastlabki to`rtta shtatda dastlabki saylovlarda ishtirok etmaydi, 3 mart kuni bir vaqtning o`zida 14 ta shtatda o`tkaziladigan Super Seshanba kunida ishtirok etishni mo`ljallamoqda. Siyosiy tahlilchilar ushbu qarorni Super Seshanba kuniga qadar bo`ladigan saylovlardamilliarderni qo`llab-quvvatlovchilarning sust bo`lishi bilan bog`lab tushuntirishmoqda.

Blumbergning strategiyasi boshidanoq Trampga qarshi qaratilgan. CNN manbalariga ko`ra, biznesmen, hozirgi nomzodlardan hech biri amaldagi prezidentni mag`lub eta olmaydi, degan xulosaga kelgan. «Biz prezident Trampning yana to`rt yillik beaql va axloqsiz harakatlariga toqat qila olmaymiz», dedi Blumberg o`z nomzodini e`lon qilar ekan. – U mamlakatimiz va qadriyatlarimizga tahdiddir. Agar u yana shu lavozimda qoladigan bo`lsa, biz hech qachon zararni qoplay olmaymiz. Dovlar har doimgidan ko`ra baland. Biz bu saylovda g`alaba qozonishimiz kerak. Va biz Amerikani qayta qurishni boshlashimiz kerak.”

Blumberg partiyalar siyosatini tanqid qilishi bilan keng tanilgan – va uning kampaniyasining yana bir muhim tarkibiy qismi sifatida Trampga nisbatan norozi bo`lgan nafaqat demokratlarni, balki respublikachilar lagerlaridagilarni ham birlashtirishga urinish bo`lishi mumkin. Bu uning kampaniyasi bezagida ham o`z aksini topgan: Blumberg veb-saytidagi «2020» raqamlari yarim ko`k rangda, demokratlar uchun va yarmi qizil rangda bo`lib respublikachilarga qaratilgandir.

Blumbergning reytingi hozircha past. Ammo Jo Bayden uchun uning nomzodligi baribir muammo bo`lib qolmoqda

Biroq, ikkilanib turgan tomonni o`ziga og`dirib olishdan avval, milliarder demokratlar tomonidan qo`llab-quvvatlanishi kerak. Bu masalada u qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Hozirga qadar o`tkazilgan so`rovlarga ko`ra, demokratik praymerizidagi ishtirokchilarining qariyb 4 foizi Blumberg uchun ovoz berishga tayyor bo`lib, o`z navbatida – 31 foizi Jo Baydenga, 20 foizi Vermont shtatidan senator Berni Sandersga va 18 foizi Elizabet Uorrenga ovoz berishga tayyor.

Blumbergning ichki siyosiy muammolar bo`yicha mo``tadil pozisiyasi bilan nomzodligi boshqa markaziy nomzodlar uchun kattagina muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, ya`ni Bayden va Saut-Bend shahri meri, 37 yoshli Pit Buttigich (u saylovlarda to`rtinchi o`rinni egallab turibdi va etakchilardan ancha past, ammo birinchidan, uning reytingi pasaymayotgani bo`lsa, ikkinchidan, ayni o`sha Blumbergdan farqli o`laroq, u birinchi praymeriz bo`lib o`tadigan shtatlarda yaxshi imkoniyatga ega, va bu esa qolganlarida qo`llab-quvvatlashni oshirishi mumkin). Xuddi raqiblari singari, Blumberg ham o`rta sinflarga soliq yukini oshirishga, shu jumladan universal bepul tibbiy xizmatni joriy etishga qarshi.

Markazchilar ovozlarini yo`q qilishdan chap qanot demokratlar – Uorren va Sanders ko`proq foyda ko`rishlari kerak. Sanders esa deyarli Blumbergni Tramp bilan taqqoslab qo`ygan. «Maykl Blumberg yoki boshqa millionerlarning oddiy siyosiy jarayonni chetlab o`tib, saylovni sotib olish uchun o`nlab million dollar sarflashi mumkinligiga ishonish g`oyasi men uchun jirkanchlidir», deb yozdi o`z tvietterida Sanders, milliarderning rasman o`z nomzodini ilgari surishidan biroz avvalroq. Blumberg stereotiplarini ongli ravishda o`z hisobiga kiritib tasdiqlaganga o`xshaydi: u o`zining siyosiy reklamasi uchun 35 million dollar ajratdi – bu boshqa nomzodlarning xarajatlaridan bir necha baravar ko`p byudjet.

Ayni paytda, «To`xtating va tinting» dasturidan tashqari, o`tmishdagi boshqa yoqimsiz voqealar ham uni taqib qilib kelmoqda. Xususan, u o`z paytida biznesmen sifatida, «agar ayollar o`zlarining miyalari bilan hurmat qilinishini istasalar, unda ular Bloomingdale ga emas, balki kutubxonaga borishlari kerak» degan edi va u o`zining maxsus birja dasturini rekalama qila turib, ayol kishi «hamma narsani qiladi, shu jumladan bexayolik» ham qilishi xaqida ta`kidlagan edi. Kampaniya boshlanishidan oldin Blumberg vakillari, uning ba`zi bayonotlari «hurmatsizlik va yolg`on» ekanligini va bu so`zlar «uning o`z qadriyatlari va u yashaydigan tamoyillarga to`g`ri kelmasligini» aytishdi.

Boshqa nomzodlar singari, Maykl Blumberg ham tashqi siyosat dasturi xaqida gapirishga ulgurganicha yo`q. Ammo bir yarim yil oldin, Xelsinkida Donald Tramp va Vladimir Putin o`rtasidagi uchrashuv arafasida, Amerika prezidenti NATOdagi evropalik sheriklarini keskin tanqid qilganida, biznesmen «AQSh prezidentini eng yaqin ittifoqchilarimizni haqorat qilgan holda, raqiblarimizni ko`kka ko`targanligini xayotimda ko`rmagandim», deb yozgan edi. U Putinning Rossiyasiga nisbatan keskin chiziqni saqlashni talab qilgan edi – va bu boradagi uning qarashlari boshqa siyosatchi-demokratlarning qarashlariga mutlaqo mos keladi.

Donald Tramp esa bayonot bilan chiqish qilgan bo`lib, boshqalardan ko`ra ko`proq»kichkintoy Mayk» bilan musobaqada qatnashishni xohlashini aytdi.

 

    Boshqa yangiliklar