Му5
3

Chechenistonlik barzangi polisiyachini bir urib qulatgan Hasanboy Do`stmatovmidi? (Video)

Dunyo 28.11.2019, 22:11
Теглар: ​Hasanboy Do`smatov, polisiyachi
1857
Chechenistonlik barzangi polisiyachini bir urib qulatgan Hasanboy Do`stmatovmidi? (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli bokschi Hasanboy Do`stmatovning ko`chadagi mushtlashuvga aralashib qolgani taxmin qilingan video tarqaldi.

«Baza» Telegram kanaliga tayanib SOF.UZ yozishicha ushbu janjal aslida O`zbekistonda emas, balki Rossiyada yuz bergan. Videodagi jabrlanuvchi Chechenistonning Argun shahri polisiyasining sobiq rahbari Ayub Kataevdir.

Ayub Kataevni 3 noyabr kuni Moskvadagi to`qimachilik korxonasi yaqinida joylashgan bar oldida kaltaklashgan.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, Kataev osiyocha ko`rinishga ega ikki erkak bilan tortishib qolgan. Kataev ulardan birini turtgan. Shundan so`ng erkak uning jag`iga ikki marta tushirib, erga yiqitgan.

Janjaldan biroz vaqt o`tib, Kataev IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, chechenistonlik polisiyachini urgan erkaklarning shaxsi aniqlanmagan.

O`zbekiston professional boks federasiyasi vakilining ma`lum qilishicha, video tasvirdagi shaxs Hasanboy Do`smatov emas. Video:

 

Шарҳлар

​Hasanboy Do`smatov hayoti haqida film suratga olinmoqda

11.05.2017, 10:53

Uzoq kutilgan serial “Mehmonxona”ni sentyabr oyida efirga berishni reja qilgan rejissyor Akrom Isoqov O`zbekiston boks federasiyasi va Rossiya, Qozog`iston, Amerika kinoijodkorlari hamkorligida boks hayotiga bag`ishlangan...