my5

Kanadadagi aviahalokat oqibatida halok bo`lgan o`zbek oilalari haqida rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 29.11.2019, 12:52
Теглар: Kanada, aviahalokat
1736
Kanadadagi aviahalokat oqibatida halok bo`lgan o`zbek oilalari haqida rasmiy ma`lumot berildi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kanadaning Ontario provinsiyasida engil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida halok bo`lgan o`zbekistonliklar haqida rasmiy ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi engil motorli shaxsiy samolyot qulashi natijasida asli o`zbekistonlik Otabek Oblokulov va Bobomurod Nabiev, shuningdek, ularning oila a`zolari (jami etti kishi) halok bo`lganligi haqidagi OAV xabarlarini tasdiqlaydi. Voqea 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida yuz bergan.

Olingan ma`lumotlarga ko`ra, samolyot Otabek Oblokulov tomonidan boshqarilgan, u turmush o`rtog`i va uch nafar farzandi, shuningdek, boshqa qarindoshlari bilan birga dam olish kunlarini o`tkazish uchun Toronto shahridan Kingston shahriga yo`l olgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, samolyot qulashining sababi noqulay ob-havo bo`lishi mumkin.

Elchixona tomonidan ko`rilgan shoshilinch choralar, jumladan Kinston shahri polisiyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan.

Elchixona konsullik huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish choralarini ko`rmoqda.

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti va mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va AQSh (Alabama, Arkansas, Colorado, Delaware, Washington DC, Florida, Georgia, Kentucky, Louisiana, Maryland, Mississippi, North Carolina, Oklahoma, South Carolina, Tennessee, Texas, Virginia and West Virginia), Kuba, Kanada, Braziliya hududlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasiga +1-202-887 -53-00, +1-202-251-82-98 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Шарҳлар

Kanadada chiqindini qaerga tashlashni o`rgatuvchi aqlli konteynerlar paydo bo`ldi (video)

07.02.2020, 17:10

Kanadada odamlarga qanday chiqindini qaerga tashlashni o`rgatuvchi konteynerlar paydo bo`ldi. Ular aholining ahlatni aralashtirib tashlashiga yo`l qo`ymaydi va chiqindilarni qayta ishlash jarayonida ularni ajratishda qiyinchilik...
Yo`qolib qolgan samolyot halokatga uchragani ma`lum bo`ldi

10.12.2019, 12:30

 Bortida 38 kishini olib uchgan Chili harbiy samolyoti bilan aloqa yo`qolib qolgan edi. Samolyot Antarktikaga ketishda qulab tushgan. Bu haqda «RIA Novosti» Chili harbiy-havo kuchlariga asoslanib xabar...
Kanadadagi aviahalokatda vafot etgan o`zbeklar shaxsi va qarindoshlari aniqlanmoqda

02.12.2019, 11:53

Xabaringiz bor, o`tgan hafta Kanadada bortida 7 nafar o`zbekistonlik bo`lgan engil samolyot halokatga uchradi. Ushbu holat yuzasidan TIV qo`shimcha ma`lumotlarni taqdim etdi.O`zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi...