Sevimli

Jazoni o`tayotgan ayollarga nisbatan bag`rikenglik o`zini oqlaydimi?

Jamiyat 01.12.2019, 17:53
Теглар: Jazo, Ayol
Jazoni o`tayotgan ayollarga nisbatan bag`rikenglik o`zini oqlaydimi?

Yaqinda ommaviy axborot vositalarida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida o`tkazilgan navbatdagi ochiq sud majlisida jazoni ijro etish muassasasida jazo o`tayotgan 22 nafar ayolning nazorat tartibida bergan shikoyat arizasi ko`rib chiqilganligi haqida maqolalar chop etildi.

Qayd etilishicha, sud ajrimi bilan sodir etilgan jinoyati uchun tayinlangan jazoning asosiy qismini o`tagani, qilmishiga iqror va pushaymo bo`lgani, yoshi hamda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining kafolat xati inobatga olinib, 22 nafar ayolga nisbatan tayinlangan jazolar qonunda belgilangan tartibda qisqartirildi. Shundan 
20 nafar ayol qisqartirilgan jazo muddatini o`tab bo`lgani sababli sud zalidan qamoqdan ozod etildi va oilasi bag`riga qaytarildi.

Davlatimiz Rahbarining insonparvarlik va bag`rikentlikka yo`g`rilgan siyosatining yaqqol dalili bo`lgan ushbu qarorga IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari o`z munosabatini bildirishdi:

IIV Malaka oshirish instituti Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta`minlash kafedrasi katta o`qituvchisi, podpolkovnikr Komil Baratov:

– Bugungi kunda bag`rikenglik insoniyat tomonidan erishilgan eng katta yutuqlardan biridir. Bundan keyingi taraqqiyot uchun ham u muhim omillardan bo`lib qolaveradi. 

Inson zoti borki, bilib-bilmay xato qiladi, adashadi. Hayotda adashganlarga imkon berish, ularga bag`rikenglik, mehr ko`rsatib, to`g`ri yo`lga solish odamiylikning eng yuksak namunasidir.

Joriy yilning 21 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 20 nafar mahkumalarni jazoni ijro etish joylaridan ozodlikka chiqarilishi ham bag`rikenglikning bir nishonasidir.

Davlatimizda amalga oshirilayotgan bag`rikenglik siyosati tufayli mahkuma ayollar o`z oilasi bag`riga qaytarildi.

Ozodlikka chiqqan opa-singillarimiz ularga bildirilgan ishonchni oqlaydilar va yurtimiz ravnaqi yo`lida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarda o`zlarining hissalarini qo`shadilar, degan umiddamiz.

IIV Malaka oshirish instituti Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta`minlash kafedrasi katta o`qituvchisi, podpolkovnik Umid Sunnatov:

– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh konferensiyasining 1995 yil 16 noyabrda o`tkazilgan 28-sessiyasida qabul qilingan “Bag`rikenglik tamoyillari deklarasiyasi” dunyoda tinchlik va totuvlikni ta`minlash, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini kafolatlash, teng huquqlilik hamda o`zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yo`lidagi muhim qadam bo`lib xizmat qilmoqda.

Mazkur hujjat qabul qilingan sana — 16 noyabr butun dunyoda Xalqaro bag`rikenglik kuni sifatida belgilangan.

Bag`rikenglik o`zbek xalqi ma`naviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o`rtasida do`stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag`rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida e`tibor qaratib kelinmoqda.

Bu, ayni paytda O`zbekistonning barcha sohadagi islohotlarida ham o`z aksini topgan. Xususan, “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo`nalishi aynan diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash masalasiga bag`ishlangani Prezidentimiz Sh.M.Mirzieyoevning xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy vazifalarga qaratayotgan yuksak e`tiborining namunasi hamdir.

Qolaversa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil 
19 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma`rifat va diniy bag`rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiya qabul qilish tashabbusi bilan chiqqani jahon hamjamiyatining diqqatini tortgan edi. Mazkur hujjat barchaning jaholatga barham berishga ko`maklashish, eng muhimi, bag`rikenglik va o`zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta`minlashga qaratilgani bilan e`tiborga molikdir.

IIV Malaka oshirish instituti Jinoyatchilikka qarshi kurash kafedrasi katta o`qituvchisi, mayor Jahongir Esanov:

– Xato qilgan insonni kechirish, unga to`g`ri yo`l ko`rsatish bo`yicha dinimizda ham, muqaddas manbalarda ham keltirib o`tilgan. “Inson qadr-qimmati hamma narsadan ulug`” tamoyilida Yurtboshimiz tomonidan hayot sarhadlarida adashgan ayol-qizlarimizni to`g`ri yo`lga qaytarish ma`naviyatimizga, madaniyatimizga mos. 

Jamiyatda inson borki hayotda bilib bilmay adashishi mumkin. Achinarlisi, bizning yurtdoshlarimiz orasida bu kabi insonlar mavjud.

Ularni to`g`ri hayot tarziga qaytarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar kelgusida xotin-qizlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo`lgan huquqbuzarliklarni  oldini olishga ulkan hissa qo`shadilar, deb o`ylayman.

Шарҳлар

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

16.08.2021, 12:20

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...